Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya terrorizm va josuslikka qarshi qonunlarni kuchaytiradi
Germaniya vazirlar mahkamasi jinoiy javobgarlikni kengaytiruvchi qonun loyihasini ma’qulladi. Pichoq yoki avtomashinadan foydalangan holda terrorchilik xurujlarini tayyorlash, ekstremistlarni moliyalash va xorijiy razvedka xizmatlarida ishlash uchun qattiq jazolar qo‘llanadi.
1 oktyabr, chorshanba kuni Germaniya hukumati terrorizm va xorijiy josuslikka qarshi choralarni kuchaytiruvchi qonun loyihasini ma’qulladi. Adliya vazirligi tomonidan tayyorlangan hujjat Bundestag va Bundesrat tomonidan ko‘rib chiqiladi. Mashina yoki pichoq kabi xavfli predmetdan foydalangan holda terrorchilik xurujiga tayyorgarlik ko‘rishda endi jinoiy javobgarlikka tortish rejalashtirilmoqda.
Qolaversa, Germaniyaga terroristik jinoyat sodir etish niyatida qaytganlar ham jazolanadi. Shu maqsadda Jinoyat kodeksining «davlatga tahdid soluvchi og‘ir zo‘ravonlik qilmishini tayyorlash»ga tegishli 89a-moddasiga o‘zgartirish kiritiladi.
Qonun loyihasi, shuningdek, terrorizmni moliyalashtirish uchun jazolarni nazarda tutuvchi 89c-moddani kengaytiradi. Adliya vazirligiga ko‘ra, bu moliyalashtirishning yangi shakllariga qarshi kurashish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, «yuqori darajada tashkil etilgan terrorchilik tuzilmalarini unumdor muhitdan mahrum qiladi». O‘zgartirishlar qisman umumevropa majburiyatlarini bajarish uchun kiritilmoqda.
Bundan tashqari, o‘zgarishlar josuslik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan 99-moddaga tegishli bo‘ladi. Kelajakda xorijiy razvedka xizmatlari bilan hamkorlikda gumon qilingan hollarda yashirin tergov tadbirlariga, jumladan, telefon suhbatlari va onlayn tintuvlarga ruxsat beriladi.
Mavzuga oid
20:04
O‘zbekiston va Germaniya prezidentlari bir qator iqtisodiy loyihalarni ishga tushirdi
10:05
O‘zbekiston Bonnda iqlim majburiyatlarini bajarish bo‘yicha yutuqlarini taqdim etdi
18:47 / 14.06.2026
Germaniya prezidenti O‘zbekistonga keladi
10:00 / 10.06.2026