Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada migrantlarning yuz minglab bolalari maktabga bormasligi aytildi
Rossiya Inson huquqlari bo‘yicha kengash rahbari Valeriy Fadeyev bunga qo‘l siltab bo‘lmasligini ma’lum qildi.
Rossiyada migrantlarning bir necha yuz ming bolasi maktabga bormayapti. Bu haqda Rossiya prezidenti huzuridagi Inson huquqlari bo‘yicha kengash (IHK) rahbari Valeriy Fadeyev ma’lum qildi.
U O‘zbekistonda migratsiya siyosatini takomillashtirish bo‘yicha davra suhbatida so‘zga chiqib, bu muammoni e’tiborsiz qoldirmaslikka, balki hal qilishga chaqirdi.
«Bunga qo‘l siltab bo‘lmaydi. Agar ota-onalar bolalarining Rossiyaga borishini istasa, ularni oldindan tayyorlashi kerak», dedi Valeriy Fadeyev.
U, shuningdek, Rossiyada bolalarga rus tilini qanday o‘rgatishni «o‘ylab ko‘rish» kerakligini qo‘shimcha qildi va ta’lim olish uchun ota-onalar mas’ul ekanini eslatdi.
Avvalroq, Rossiya Davlat Dumasiga fraksiyalararo qonun loyihasi kiritildi, unda chet elliklar uchun Rossiya maktablarida pulli ta’limni joriy etish va rus tilini bilish bo‘yicha bepul test sinovlaridan o‘tishga urinishlar sonini cheklash taklif qilindi.
Tushuntirish xatida ta’kidlanishicha, 2025 yilda Rossiya maktablarida migrant bolalar sonining ko‘payishi tufayli 900 mingdan ortiq o‘rin yetishmayapti. Bundan tashqari, loyiha mualliflarining fikriga ko‘ra, migrantlarning bolalari rus tilini yetarli darajada bilmasligi «rusiyzabon bolalarni o‘qitish jarayoni sekinlashishiga olib kelgan».
Mavzuga oid
18:53
Qozog‘iston Rossiya gazining O‘zbekistonga tranzitini oshirishga tayyorligini ma’lum qildi
09:15
AQSh Kongressi migratsiya xizmati uchun 70 milliard dollar ajratdi
20:30 / 09.06.2026
“O‘g‘limning o‘rnidan boshqa bolani imtihonga kiritishgan” - Koreyaga ishga jo‘natish “biznesi” qurboni
19:24 / 09.06.2026