O‘zbekiston | 01:35 / 06.10.2025
44963
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘izistondagi zilzila kuchi O‘zbekiston hududlarida sezildi

Dushanbaga o‘tar kechasi Toshkentda va O‘zbekistonning boshqa hududlarida 2−4 balli davomli zilzila sezildi. Zilzila episentri Qirg‘izistonning Jalolobod viloyatiga to‘g‘ri keldi. Episentrdagi kuch 7 ballni tashkil etdi.

6 oktyabrga o‘tar kechasi, soat 1:29 da qo‘shni Qirg‘iziston respublikasining Jalolobod viloyatida kuchli zilzila sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Seysmoprognostik monitoring markazi.

Zilzila o‘chog‘ida silkinish kuchi 7 ballni tashkil etgan.

O‘zbekistonda hududida sezilish kuchi:

  • Namangan viloyatida 3−4 ball, 106 km.
  • Andijon viloyatida 3 ball, 144 km.
  • Farg‘ona viloyatida 2−3 ball, 176 km.
  • Toshkent shahrida 2−3 ball, 199 km.
  • Sirdaryo viloyatida 2 ball, 275 km.

Zilzila episentri Toshkentdan 199 km shimoli-sharqda, magnituda: 5,7. Chuqurlik: 10 km.

Mavzuga oid