Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Los-Anjyelesdagi dahshatli yong‘in ishi bo‘yicha gumonlanuvchi qo‘lga olindi
Tergov versiyasiga ko‘ra, Uber haydovchisi bo‘lib ishlagan Rinderknext 1 yanvar kuni Los-Anjyeles shimolidagi Pasifik-Palisayds sayyohlik yo‘lagida daraxtlarga o‘t qo‘ygan.
Foto: NBC News
Florida shtatida yashovchi 29 yoshli Jonatan Rinderknext yanvar oyida Los-Anjyelesda yirik yong‘inga olib kelgan qasddan o‘t qo‘yishda gumon qilinib, qo‘lga olindi, deb xabar berdi AQSh Adliya vazirligi 8 oktyabr kuni.
Tergov versiyasiga ko‘ra, Uber haydovchisi bo‘lib ishlagan Rinderknext 1 yanvar kuni Los-Anjyeles shimolidagi Pasifik-Palisayds sayyohlik yo‘lagida daraxtlarga o‘t qo‘ygan.
Dastlab yong‘in maydoni nisbatan kichik bo‘lgan, ammo kuchli shamol tufayli yong‘inning tarqalishi oshgan.
Oqibatda yong‘in maydoni taxminan 93 kvadrat kilometrni tashkil etdi. Yong‘in Tinch okeani, Malibu va Santa-Monika tog‘lariga ta’sir qildi. 12 kishi halok bo‘ldi, 6800 dan ortiq bino vayron bo‘ldi.
Mavzuga oid
14:35
AQSh «Lukoyl»ga joriy etilgan ayrim sanksiyalarni vaqtincha bekor qildi
09:40
NYT OAV uchun joriy etilgan cheklovlar sabab Pentagonni sudga berdi
09:00
NATO Shimoliy Yevropa mudofaasi bo‘yicha shtabni AQShga ko‘chiradi
08:40