Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Urganch davlat tibbiyot instituti faoliyati yo‘lga qo‘yiladi
“Urganch davlat tibbiyot instituti faoliyatini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filiali klinikasi Urganch davlat tibbiyot instituti klinikasi etib qayta nomlandi.
Quyidagilar institutning asosiy vazifalari etib belgilandi:
🔹 uzluksiz tibbiy-kasbiy ta’lim tizimida yuqori malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
🔹 talabalarda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish uchun shart-sharoitlar yaratish;
🔹ilmiy-pedagogik salohiyatning rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash, pedagogik texnologiyalar va o‘qitish usullarini faol takomillashtirish;
🔹 tibbiyot ta’limi va ilm-fanining amaliyot bilan integratsiya qilinishini ta’minlash hamda tibbiy yordam ko‘rsatish darajasini oshirish.
2025-2026 o‘quv yilidan boshlab institutda tayanch doktorantura va doktorantura tashkil etiladi.
Mavzuga oid
13:22 / 10.03.2026
Milliy biofarmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etiladi
17:47 / 24.02.2026
Urganch–Xiva pulli avtomobil yo‘li qurilishi boshlandi
08:25 / 07.02.2026
Centrum Air'ning Urganch-Toshkent reysiga 12 yo‘lovchi “sig‘may” qoldi
18:57 / 25.01.2026