O‘zbekiston | 09:15 / 09.10.2025
2465
2 daqiqa o‘qiladi

AES blokining ehtimoliy xavfsizlik tahliliga qo‘yiladigan talablar belgilandi

“Atom elektr stansiyasi blokining ehtimoliy xavfsizlik tahliliga qo‘yiladigan asosiy talablar” Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Mazkur asosiy talablar loyihalashtirilayotgan, barpo etilayotgan va foydalanilayotgan atom elektr stansiyasi blokining ehtimoliy xavfsizlik tahliliga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi.

Ehtimoliy xavfsizlik tahlili quyidagi maqsadlarda o‘tkaziladi:

🔹 atom elektr stansiyasi bloki xavfsizligining ehtimoliy ko‘rsatkichlarini  hisoblash;
🔹 og‘ir avariyalar va katta avariyaviy tashlanmalar ehtimolini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan normativ chegaralar bilan taqqoslash;
🔹 atom elektr stansiyasi bloki xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ustuvorliklarni belgilash;
🔹 atom elektr stansiyasi bloki tizimlarini (elementlarini) modernizatsiya qilish tadbirlarining atom elektr stansiyasi bloki xavfsizligiga ta’sirini baholash.

Ehtimoliy xavfsizlik tahlili natijalaridan quyidagi maqsadlarda foydalanilishi mumkin:

➖ xavfsizlik uchun muhim bo‘lgan atom elektr stansiyasi bloki tizimlarining  ishonchliligini baholash;
➖ nazorat va tekshiruv ishlarini rejalashtirish va baholash;
➖ loyihaviy avariyalar uchun boshlang‘ich hodisalar ro‘yxatini asoslash;
➖loyihadan tashqari avariyalar ro‘yxatini asoslash.

Ehtimoliy xavfsizlik tahlilini o‘tkazish uchun atom elektr stansiyasini ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot mas’ul hisoblanadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid