Jamiyat | 19:00 / 09.10.2025
2779
5 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Qurilishda to‘liq ichki infratuzilma - “Besh Bola Building’s”ning muvaffaqiyat siri

Farg‘onada 300 xonadonni foydalanishga topshirgan  “Besh Bola Building’s” qurilish jarayonini butunlay o‘z tizimi orqali amalga oshiradi: xomashyodan to tayyor uygacha — barchasi nazoratda. Kompaniya bu tizim orqali sifat va tezkorlikni ta’minlamoqda.

Farg‘ona shahrida sifat va qulay narx timsoliga aylangan “Besh Bola Group” yana bir muhim bosqichni bosib o‘tdi. Kompaniya bir vaqtning o‘zida “Komfort”, “Sakinat” va “Yangi O‘zbekiston” turar joy majmualaridagi 300 dan ortiq xonadonni o‘z egalariga topshirdi.

Kompaniya tomonidan taqdim etilgan har bir loyiha o‘ziga xos qulay infratuzilma va zamonaviy dizayni bilan ajralib turadi.  “Besh Bola Building’s” bunyod etgan majmualarda yashash uchun barcha sharoitlar — bolalar maydonchalaridan tortib, yashil hudud va avtoturargohlargacha — to‘liq yaratilgan.

Tadbir doirasida yangi xonadon egalari uchun ramziy kalitlar topshirildi. Mehmonlar esa qurilish jarayoni hamda majmualarning ichki imkoniyatlari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘lishdi.

“Bugun 3 ta loyihaning kalitlarini o‘z egalariga topshiryapmiz. Hozir umumiy 4000 dan ziyod xonadonlar qurilishini boshlaganmiz. Kelajakda Andijon, Quva, Toshkentda ham qurishni rejalashtiryapmiz”, deydi loyiha asoschilaridan biri.

 “Besh Bola Building’s” tomonidan tashkil etilgan ushbu tadbir faqatgina yangi xonadon egalari uchun ramziy kalitlarni topshirish marosimi bilangina cheklanib qolmadi.

Kompaniya tomonidan tashkil etilgan shou-dasturlar, mijozlarga taqdim etilgan qimmatbaho sovg‘alar, shuningdek, Ustoz va murabbiylar kuniga atab topshirilgan 20 million so‘mlik vaucherlar ham mehmonlar uchun kutilmagan, ammo yoqimli tuhfa bo‘ldi.

Tadbirda  “Besh Bola Building’s”ning boshqa loyihalaridan xonadon xarid qilgan mijozlar ham mehmon sifatida ishtirok etishdi. Ular kompaniya bilan hamkorlik tajribasi, xizmat sifati va qurilish jarayonidan olgan taassurotlari haqida o‘z fikrlarini bildirishdi.

 “Besh Bola Building’s” qurilish jarayonida o‘zining ichki infratuzilmasidan samarali foydalanadi. Xomashyo “Besh Bola Drobilka”da tayyorlanadi, beton “Besh Bola Beton”da ishlab chiqariladi, yetkazib berish esa “Besh Bola Transport” orqali amalga oshiriladi. Bu tizim qurilish jarayonida vaqt va sifatni nazorat qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ish jarayoni, eng avvalo, “Besh Bola Drobilka”da boshlanadi — bu yerda turli xomashyolar, tosh va qum mahsulotlari qayta ishlanib, beton ishlab chiqarish uchun asosiy komponentlar tayyorlanadi. Tayyorlangan materiallar “Besh Bola Transport” kompaniyasiga tegishli zamonaviy yuk mashinalari orqali “Besh Bola Beton” zavodiga yetkaziladi. “Besh Bola Beton”da 6-7 turdagi beton mahsulotlari ishlab chiqariladi va 200 ga yaqin ish o‘rinlari yaratilgan.

Farg‘onadagi eng yirik beton ishlab chiqarish korxonalaridan biri bo‘lgan “Besh Bola Beton” zavodi bir sutkada 2 500 kub metrgacha beton ishlab chiqarish quvvatiga ega. Bu esa o‘rtacha 250 ta beton mikserini to‘ldirishga teng hajm demakdir.

Zavod o‘zining xususiy laboratoriyasiga ega bo‘lib, unga qariyb 50 ming dollarlik investitsiya yo‘naltirilgan. Laboratoriyada ham xomashyo, ham tayyor beton mahsulotlari bosqichma-bosqich tekshiriladi. Ya’ni har bir partiya qurilish maydoniga jo‘natilishidan oldin sifat nazoratidan o‘tadi. Bu esa qurilishdagi barqarorlik va sifatni ta’minlaydi.

Kompaniyaning samarali faoliyatida “Besh Bola Transport” ham muhim o‘rin tutadi. Unda 60 dan ortiq maxsus texnika — yuk mashinalari, beton mikserlar, ekskavatorlar va yengil transport vositalari mavjud. Mazkur texnikalar qurilish materiallarini tez, xavfsiz va sifatli yetkazib berishga xizmat qiladi. Ushbu tizim kompaniyaga qurilish jarayonining barcha bosqichlarini nazorat ostida ushlab, vaqtni tejash va sifatni kafolatlash imkonini beradi.

Sifat, ishonch va tezkorlik —  “Besh Bola Building’s” faoliyatining asosiy tamoyillaridir. Kompaniya bugun Farg‘onada qurilish sohasida o‘z o‘rnini mustahkamlab, yaqin yillarda mamlakatning boshqa hududlarida ham zamonaviy turar joy loyihalarini amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

Telegram|Instagram

Murojaat uchun:+998 78 5559090

Reklama huquqi asosida

Tayyorlagan:  Kun.uz Admin

Mavzuga oid