Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hamdo‘stlik davlatlari rahbarlari «MDH plyus» formatini ta’sis etdi
U uchinchi mamlakatlar va xalqaro tashkilotlarning Hamdo‘stlik davlatlari bilan «o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarda» hamkorlik qilishini nazarda tutadi.
Foto: eccis.org
MDH a’zolari hamkorlikning yangi formati - «Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi plyus»ni ta’sis etdi. Tegishli qaror 10 oktyabr kuni Dushanba shahrida bo‘lib o‘tgan MDH Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishida qabul qilindi.
Ushbu format Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev tomonidan taklif qilingan. U uchinchi mamlakatlar va xalqaro tashkilotlarning Hamdo‘stlik davlatlari bilan «o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarda» hamkorlik qilishini nazarda tutadi.
Qaror bilan manfaatdor tomonlarni Hamdo‘stlik shafeligida o‘tkaziladigan tadbirlarga taklif etish tartibi va ishtirok etish formati, ularni qiziqtirgan yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik o‘rnatish to‘g‘risidagi murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi belgilandi.
Uchinchi davlatlarni MDH oliy organlarining tadbirlari va ochiq majlislariga birlashmaga raislik qiluvchi davlat taklif etadi. Asosiy shart - Hamdo‘stlikning boshqa ishtirokchilari tomonidan e’tirozlarning yo‘qligi.
Avvalroq Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov bunday shakllar ko‘pincha mintaqaviy tashkilotlarda qo‘llanilishini ta’kidlagan edi. Misol tariqasida u ShHT+ va BRIKS+ formatlarini keltirdi.
Sammit davomida jami 19 ta hujjat imzolandi. 2030 yilgacha mo‘ljallangan Harbiy hamkorlik konsepsiyasi, Tashqi chegaralarda chegara xavfsizligini mustahkamlash dasturi, Mintaqaviy energetika xavfsizligini ta’minlash sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi deklaratsiya shular jumlasidan.
2026 yil yanvar oyidan Hamdo‘stlikka raislik Turkmanistonga o‘tishi belgilandi. Bundan tashqari, MDH bosh kotibi Sergey Lebedevning vakolatlari yana uch yilga uzaytirildi.
Mavzuga oid
21:09 / 04.12.2025
Birinchi «Markaziy Osiyo – Yaponiya» sammiti Tokioda o‘tkaziladi
18:48 / 27.11.2025
Yaponiya Markaziy Osiyo bilan birinchi sammitni o‘tkazishga tayyorlanmoqda
16:44 / 16.11.2025
“Yangi geosiyosiy mintaqa tug‘ildi” – Abdulaziz Komilov Ozarboyjonning formatga qo‘shilishi haqida
17:51 / 04.11.2025