Ta’lim | 07:30 / 10.10.2025
7630
2 daqiqa o‘qiladi

Infografika: eng ko‘p milliarderlarni chiqargan universitetlar

Visualcapitalist tomonidan yaratilgan yangi infografika ta’lim muassasalarini milliarder bitiruvchilar soni bo‘yicha tartiblab, AQSh universitetlarining ustunligi va Osiyo universitetlarining o‘sib borayotgan rolini ko‘rsatadi.

Foto: Depositphotos

Harvard universiteti umumiy boyligi qariyb 600 milliard dollarga teng 104 milliarderni tayyorlab chiqargan. Universitet hattoki Bill Geyts va Mark Tsukerberg kabi bu yerda ta’lim olgan, ammo o‘qishni tugatmagan taniqli bitiruvchilarni hisobga olmaganda ham reytingda birinchi o‘rinda turadi.

Stenford universiteti Kremniy vodiysi bilan yaqin aloqalari tufayli Yahoo asoschisi Jyerri Yang va DoorDash asoschilaridan biri Endi Fang kabi milliarder bitiruvchilarga ega. Pensilvaniya universiteti Ilon Maskni o‘qitgan. Kolumbiya universitetining eng mashhur bitiruvchilari orasida afsonaviy investor, Berkshire Hathaway egasi Uorren Baffet bo‘lsa, Massachusets texnologiyalar instituti (MIT) texnologiya va sanoat rahbarlarini, jumladan Koch Industries'dan Charlz Koxni o‘qitgan.

Amerika universitetlari hali ham yuqori o‘rinlarni egallab turgan bo‘lsa-da, ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, Osiyo universitetlari jadal sur’atlar bilan o‘sib bormoqda.

Milliarder bitiruvchilar soni bo‘yicha 20 ta eng yaxshi universitetlar qatoriga Mumbay universiteti, Tsinxua, Pekin universiteti va Seul milliy universiteti kiradi. Ushbu siljish Osiyoning keng iqtisodiy o‘sishi, tadbirkorlarning yuksalishi va milliy kapital bozorlarining mustahkamlanishi bilan bir vaqtga to‘g‘ri keladi.

Misol uchun, Xitoydagi eng nufuzli universitetlardan biri bo‘lgan Pekin universitetining milliarder bitiruvchilari orasida Baidu hamasoschisi Robin Li ham bor. Xuddi shunday, Reliance Industries raisi va Hindistonning eng boy odami Mukesh Ambani Mumbay universitetida kimyo muhandisligi bo‘yicha tahsil olgan.

Rossiya universitetlari orasida 13 milliarderni tayyorlagan Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti yetakchilik qilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid