Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil harbiylarini G‘azodagi bufer zonaga olib chiqmoqda
Hamas bilan sulh kuchga kirdi.
Foto: Getty Images
Isroil mudofaa armiyasi ma’lum qilishicha, Isroil qo‘shinlari mahalliy vaqt bilan juma kuni tushdan boshlab «yangilangan joylashuv chiziqlari bo‘ylab pozitsiyalarni egallashni boshlagan». Bu Hamas va Isroil o‘rtasidagi kelishuv doirasida kelishilgan o‘t ochishni to‘xtatish rejimi kuchga kirganini anglatadi.
Payshanba kuni Isroil hukumati tomonlar AQSh prezidenti Donald Tramp vositachiligida qabul qilgan tinchlik rejasini ma’qulladi. Hujjatga ko‘ra, Isroil armiyasi ko‘rsatilgan pozitsiyalarni egallaganidan keyin Hamasda garovga olingan isroilliklarni qaytarish uchun 72 soat vaqt bo‘ladi.
«TSAHAL Janubiy qo‘mondonligi harbiy xizmatchilari belgilangan pozitsiyalar hududida joylashgan va har qanday bevosita tahdidni bartaraf etishda davom etadi», – deyiladi qo‘mondonlik bayonotida.
Hozircha Isroil qo‘shinlari aynan qayerdan chekinayotgani haqida to‘liq kartina mavjud emas.
AFP agentligi G‘azo fuqarolik mudofaasi agentligining yuqori martabali vakiliga tayanib, harbiy texnikalar Xon Yunusning ayrim tumanlari va G‘azo shahrining shimoli-g‘arbiy chekkalaridan olib ketilganini ma’lum qildi.
Butun sektor bo‘ylab odamlar o‘z hududlariga qaytishlari mumkin bo‘lgan signalni kutishmoqda.
Isroil matbuoti xabar berishicha, kechadan beri G‘azo sohili bo‘ylab Al-Rashid yo‘lida kutib turgan yuzlab falastinliklar so‘nggi daqiqalarda shimolga qarab harakatlana boshlagan.
Isroil armiyasi G‘azo aholisini faqat ruxsat etilgan yo‘nalishlar bo‘ylab harakatlanishga chaqirib, ularni yaqin kelajakda kelishuv doirasida hali ham Isroil qo‘shinlari joylashtiriladigan hududlarga yaqinlashmaslik kerakligi to‘g‘risida ogohlantirmoqda.
Ayni paytda Isroil armiyasi sektor hududining yarmidan sal ko‘prog‘ini (taxminan 53 foizini) nazorat qilishda davom etmoqda, bu hududning asosiy qismi shaharlardan tashqarida joylashgan.
Bunga G‘azo sektori bilan butun chegara bo‘ylab bufer zonasi, jumladan, Misr va G‘azo o‘rtasidagi chegara hududi bo‘lgan Filadelfiya yo‘lagi, shuningdek, sektorning eng shimolidagi Bayt-Xanun va Bayt-Lahiya, G‘azo shahrining sharqiy chekkasidagi tog‘li hudud va sektor janubidagi Rafah va Xon Yunusning katta qismi kiradi.
«Kelishuvga ko‘ra, TSAHAL qo‘shinlari G‘azo sektorining ma’lum hududlarida joylashtiriladi. Keyingi ogohlantirishgacha bu hududdagi TSAHAL qo‘shinlariga yaqinlashmang. Ularga yaqinlashish sizni xavf ostiga qo‘yadi», – deyiladi isroil harbiylarining arab tilidagi ogohlantirishida.
«Isroil hududi va bufer zonasiga yaqinlashish taqiqlangan. Bufer zonaga yaqinlashish juda xavfli», – dedi Isroil mudofaa armiyasining arab tilida so‘zlashuvchi vakili, polkovnik Avichay Adrai.
Shu bilan birga, juma kuni ertalabdan Isroil va G‘azo chegarasi ustida tutun halqalari ko‘rinib turgan.
Xabar qilinishicha, juma kuni Xon Yunus artilleriyadan o‘qqa tutilgan. Shuningdek, shimolroqda joylashgan Netsarim koridori hududida otishma ovozlari eshitilgan.
Mavzuga oid
13:42
Isroil «Yevrovideniye-2026»da qatnashadi, qator davlatlar tanlovni boykot qiladi
15:51 / 02.12.2025
Netanyahu qanday ayblovlar uchun afv so‘ramoqda va buning imkoni bormi?
13:59 / 02.12.2025
“Netanyahu uchun qulay siyosiy fon yaratilyapti” - Farhod Karimov
18:14 / 30.11.2025