O‘zbekiston | 22:33 / 12.10.2025
2682
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Shvetsiya bilan migratsiya yo‘nalishidagi hamkorlikni kengaytiradi

Stokgolm shahrida tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olimjon Abdullayev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Shvetsiya migratsiya vaziri Yoxan Forssell bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Foto: TIV

Muzokaralar chog‘ida migratsiya sohasida O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Forssell O‘zbekistonda qonuniy migratsiyani rag‘batlantirishga qaratilgan islohotlar Shvetsiya bilan ushbu yo‘nalishda tizimli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun keng imkoniyatlar yaratishini ta’kidladi. Shu munosabat bilan Shvetsiya tomoni migratsiya va mobillik bo‘yicha Hukumatlararo bitim loyihasi yuzasidan muzokaralar jarayonini yakunlashga tayyorligini bildirdi.

Tomonlar ushbu sohada uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish zarurligini qayd etdilar. Jumladan, qonuniy migratsiyani rag‘batlantirish, mehnat migrantlarining huquq va manfaatlarini himoya qilish, O‘zbekiston migratsiya xizmatlari salohiyatini mustahkamlashga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish orqali aloqalarni yanada mustahkamlashga kelishildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid