Jahon | 12:19 / 13.10.2025
5235
2 daqiqa o‘qiladi

Zelenskiy AQSh yetkazib bergan taqdirda Tomahawk uchun nishonlarni aytdi

Ukraina prezidenti Zelenskiy Fox'ga bergan intervyusida Ukraina qurolli kuchlari Amerikaning uzoq masofali Tomahawk raketalaridan faqat harbiy nishonlarga qarshi foydalanishini aytdi. AQSh prezidenti Donald Tramp raketalarni yetkazib berishga hali rozilik bermagan.

Foto: Alexi J. Rosenfeld/Getty Images

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 12 oktyabr, yakshanba kuni Fox News telekanaliga bergan intervyusida, agar AQSh o‘z mamlakatiga uzoq masofaga uchuvchi Tomahawk («Tomagavk») qanotli raketalarini taqdim etsa, ulardan Rossiya tinch aholisiga hujum qilish uchun foydalanilmasligini aytdi.

«Faqat harbiy nishonlar. Biz hech qachon ularning tinch aholisiga (rossiyaliklarga) hujum qilmaymiz», dedi Zelenskiy yakshanba kuni The Sunday Briefing dasturi efirida.

12 oktyabr kuni Zelenskiy ikki kun ichida AQSh prezidenti Donald Tramp bilan ikkinchi suhbatini o‘tkazdi. Ukraina rahbari, bir kun oldin bo‘lgani kabi, suhbatni «juda samarali» deb atadi. «Kecha biz bugungi kun uchun aniq mavzu bo‘yicha kelishib oldik va vaziyatning barcha tomonlarini ko‘rib chiqdik», deb yozdi u.

Axios ma’lumotlariga ko‘ra, 11 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida Tomahawk'ning ehtimoliy yetkazib berilishi mavzusi ham ko‘tarilgan. «Rossiya amerikaliklar bizga «Tomagavklar» berishi mumkinligidan qo‘rqishini ko‘ryapmiz va eshityapmiz. Bu aynan shunday bosim tinchlikka hissa qo‘shishi mumkinligidan dalolatdir», — deb yozdi Zelenskiy yakshanba kuni suhbatdan so‘ng.

Mavzuga oid