Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Ukrainaga qurol yetkazib berish bo‘yicha «katta e’lon» qiladi
Qo‘shma Shtatlar 15 oktyabr kuni Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berish bo‘yicha «katta e’lon» qilishga tayyorlanmoqda. Bu haqda Qo‘shma Shtatlarning NATOdagi doimiy vakili Mettyu Uitaker Bryusseldagi matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Shuningdek, u Janubiy Yevropa davlatlarini Kiyevni qo‘llab-quvvatlashda faolroq ishtirok etishga chaqirdi, xususan, Yevropa davlatlari hisobidan Amerika qurollarini sotib olishni nazarda tutuvchi PURL alyansi dasturi doirasida.
«Prezident Tramp Ukrainaga dunyodagi eng yaxshi qurolni taqdim etdi: u Ukrainaga kerak, u bunga muhtoj. Bu dastur (PURL) Rossiyani muzokaralar stoliga o‘tirishga majbur qilish uchun juda muhim. Men hali qo‘shilmaganlarni shunday qilishga chaqirgan bo‘lardim», dedi Uitaker.
Anons Ukrainaga Tomahawk qanotli raketalarini ehtimoliy topshirish bo‘yicha faol muhokamalar fonida e’lon qilindi. Oktyabr oyi boshida AQSh prezidenti Donald Tramp bunday ta’minot bo‘yicha «deyarli qaror qabul qilganini» aytdi va 12 oktyabr kuni Rossiya tinchlik muzokaralarini boshlashdan bosh tortgan taqdirda Tomahawk’ni Ukrainaga topshirishga ruxsat berdi.
«Ehtimol, men [Putinga] aytaman: quloq sol, agar bu urush hal qilinmasa, men ularga Tomahawk yuboraman. Men ularni jo‘natishim mumkin. Tomahawk - aql bovar qilmaydigan qurol, juda hujumkor. Va, to‘g‘risini aytganda, Rossiyaga bu kerak emas», dedi Tramp.
Tomahawk yetkazib berish tashabbusi Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning BMT Bosh assambleyasi maydonida Donald Tramp bilan yopiq uchrashuvi chog‘ida e’lon qilindi, deb yozdi The Telegraph. Keyinroq Zelenskiy Tramp so‘rovga «bu borada ishlash» va’dasi bilan javob berganini aytdi. Ukraina prezidenti, shuningdek, agar Vashington ularni Kiyevga topshirsa, Tomahawk raketalari bilan zarbalar faqat harbiy nishonlarga beriladi, deb ta’kidladi, bunga u Rossiyaning energetika infratuzilmasini ham kiritdi.
Tomahawk raketalarining parvoz masofasi modifikatsiyaga qarab 1600 dan 2500 km gacha. Urushni o‘rganish instituti (ISW) ekspertlarining hisob-kitoblariga ko‘ra, agar ular Ukrainaga topshirilsa, 1945 tagacha Rossiya harbiy obektlari nishon zonasida bo‘ladi. ISW tahlilchilariga ko‘ra, Ukraina Tomahawk yordamida Rossiya armiyasining frontdagi harakatlarini yo‘qqa chiqarishi, uni qurol-yarog‘ bilan ta’minlaydigan va hujum operatsiyalarini qo‘llab-quvvatlaydigan frontorti hududlarini nishonga olishi mumkin.
Mavzuga oid
18:44 / 14.06.2026
Ukraina dronlari Rossiyaning kamida 14 regioniga hujum qildi
11:18 / 14.06.2026
Sun’iy intellekt endi shunchaki texnologiya emas, u strategik qurol
00:49 / 14.06.2026
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
11:20 / 13.06.2026