Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ayrim o‘qituvchilar uchun toifa testlari yangi tartibda o‘tkaziladi
Jismoniy tarbiya va musiqa madaniyati o‘qituvchilari uchun toifa testlari yangi tartibda o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari uchun:
🔹birinchi bosqichda – Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan pedagogning mutaxassislik fani (35 ta) va kasb standarti (5) bo‘yicha bilim darajasini aniqlash maqsadida 40 ta test topshirig‘i beriladi (40 test savoli 1 baldan jami 40 ball);
🔹ikkinchi bosqichda – amaliy imtihon (jami 60 ball, shundan jismoniy tayyorgarlik darajasi normativlari bo‘yicha - 20 ball, sport turlari bo‘yicha mashqlar texnikasi - 40 ball).
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining musiqa madaniyati fani o‘qituvchilari uchun:
🔹birinchi bosqich – Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlari (40 ta test savoli 1 baldan jami 40 ball);
🔹ikkinchi bosqich – Madaniyat vazirligi tomonidan belgilangan bolalar musiqa va san’at maktablarida tashkil etiladigan amaliy (ijodiy) imtihon (4 ta topshiriq 20+15+15+10 jami 60 ball shaklida o‘tkaziladi).
Joriy yilning 25 oktyabr kuni umumta’lim maktablarining jismoniy tarbiya va musiqa madaniyati fanlari o‘qituvchilari uchun toifa testlari o‘tkaziladi. Bu attestatsiyaning birinchi bosqichi bo‘lib, mazkur bosqichda pedagoglarga jami 40 ta (mutaxassislik bo‘yicha 35 ta + kasbiy standartlar bo‘yicha 5 ta) test savoli beriladi.
Jismoniy tarbiya va musiqaga madaniyati fanlari o‘qituvchilari uchun attestatsiyaning ikkinchi bosqichi, ya’ni amaliy (ijodiy) sinovlari keyingi kunlarda o‘tkaziladi.
Tez kunlarda jismoniy tarbiya va musiqa madaniyati fanlari o‘qituvchilari uchun attestatsiyaning ikkinchi bosqichi o‘tkazish jadvali ham e’lon qilinadi.
Ma’lumot uchun, jismoniy tarbiya va musiqa madaniyati fanlari o‘qituvchilari uchun attestatsiyaning birinchi va ikkinchi bosqichi boshqa sanalarda o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
22:49 / 30.05.2026
“Armiya himoyasidagi” pedagoglar va kichik biznes uchun soliq islohoti - hafta dayjesti
16:49 / 30.05.2026
“Bolaga hatto ota-onaning kuchi yetmayapti” - maktablardagi intizom haqida suhbat
17:31 / 26.05.2026
O‘quvchini urgan o‘qituvchi voqeasiga rasmiy baho berildi
15:32 / 25.05.2026