Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda 81 kishi oilaviy zo‘ravonlik uchun ozodlikdan mahrum etildi
2025 yil yanvar-avgust oylarida Jinoyat kodeksining 126-1-moddasi (oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik) bilan 298 nafar shaxs sudlangan va ularning 81 nafari ozodlikdan mahrum etilgan. Bu ko‘rsatkich 2024 yil bo‘yicha 472 nafarni tashkil etgan bo‘lib, shulardan 150 nafari ozodlikdan mahrum etilgan.
Toshkent shahar sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati sudyasi Qahramon Mirsafoyevga ko‘ra, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 59-2-moddasi (oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik) bo‘yicha esa, 2025 yil 8 oyida 7 ming 624 nafar shaxsga nisbatan ma’muriy javobgarlik choralari qo‘llangan. Bu 2024 yildagi 16 ming 524 holatga nisbatan biroz kamaygan bo‘lsa-da, son jihatidan hali ham yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.
Ayniqsa, shundan 6 ming 585 nafar shaxsga ma’muriy qamoq jazosi tayinlangani, oilaviy zo‘ravonlik holatlarining jiddiyligidan dalolat beradi. Bu raqamlar zo‘ravonlikning ildizi chuqurroq ekanini, u faqat jazolash bilan emas, balki profilaktik, psixologik va pedagogik chora-tadbirlar bilan kurashishni talab etishini ko‘rsatmoqda.
Zo‘ravonlik oqibatlari nafaqat statistikada, balki oilalarning yemirilishida ham yaqqol aks etmoqda. 2025 yil 8 oyi mobaynida oilaviy zo‘ravonlik oqibatida fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga nikohni bekor qilish uchun 47 ariza berilgan bo‘lib, ulardan 37 tasi qanoatlantirilgan. Bu esa, har besh holatdan to‘rttasida oilaning yemirilishiga olib keluvchi sabablar ro‘y berganini anglatadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasi (shahvoniy shilqimlik qilish) asosida 2025 yilning 8 oyida 1 ming 450 nafar shaxs sudlangan. Ularning 969 nafari qamoq jazosiga, 481 nafari esa jarimaga tortilgan. 2024 yilda esa bu ko‘rsatkich 1 ming 854 nafarni tashkil qilgan.
Mavzuga oid
08:09 / 04.12.2025
Qurilishda zilzilabardoshlik talablari buzilsa, javobgarlik oshiriladi
13:46 / 14.10.2025
Retsept bilan beriladigan dorilarning noqonuniy aylanmasi uchun javobgarlik kuchaytiriladi
13:31 / 27.09.2025
“Aybdor shaxslarga qat’iy javobgarlik ko‘rilishi shart” – Bolalar ombudsmani bog‘cha bolalari zaharlanishi haqida
12:22 / 01.09.2025