Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda tabiatga 31 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi tomonidan Andijon viloyati Buloqboshi tumanidagi «Sh.B.F» MChJ faoliyati o‘rganildi.
Tekshirish davomida korxona bugungi kungacha «Ekologik oqibatlar bayonoti» loyihasini ishlab chiqmasdan va davlat ekologik ekspertizasi ijobiy xulosasini olmasdan faoliyat yuritayotgani aniqlandi. Qolaversa, korxonaga ajratilgan kon chegarasi tashqarisidagi belgilanmagan maydondan tuproq foydali qazilmasi noqonuniy qazib olingani va natijada tabiatga 31 milliard 921 million 145 ming 350 so‘m zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi.
Bundan tashqari, korxona hududini hamda unga tutash hududlarni «Yashil makon» va «Yashil belbog‘» dasturlari doirasida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini olib borish, zavod atrofida kengbargli daraxt turlarini ekish orqali changni ushlab qolish va hududning kamida 25 foiz qismini ko‘kalamzorlashtirish talablari belgilangan. Biroq korxona tomonidan bu talablar bajarilmagan.
Shu bilan birga, tekshirish davomida korxona tomonidan 2024 yil hamda 2025 yilning dastlabki 8 oyi davomida belgilangan joylarga chiqindilar tashlanmagani, aksincha, atrof-muhit ifloslantirib kelinganligi aniqlandi. Natijada Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston hududida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishning iqtisodiy mexanizmlarini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi qaroriga asosan, 7 milliard 769 million 802 ming 711 so‘m miqdorida kompensatsiya to‘lovi hisoblandi.
Yuqoridagi holatlar natijasida «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunning 48-moddasi, «Yer qa’ri to‘g‘risidagi» qonunning 18-moddasi, «Chiqindilar to‘g‘risida»gi qonunning 15-moddasi hamda «Ekologik ekspertiza to‘g‘risida»gi qonunning 11- va 13-moddalari talablari buzilgan.
Aniqlangan holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar huquqiy baho berish hamda tegishli chora ko‘rish maqsadida Bosh prokuraturaga yuborildi.
Mavzuga oid
14:04 / 11.06.2026
Toshkent–Andijon va Toshkent–Termiz yo‘nalishlarida yuqori tezlikdagi poyezdlar qatnovi reja qilinmoqda
13:28 / 11.06.2026
Andijondagi poliklinikada fojia: 4 kishi vafot etdi
22:12 / 06.06.2026
Andijonda voyaga yetmagan qiz bilan jinsiy aloqa qilgan IIB xodimi qamoqqa olindi
12:31 / 02.06.2026