Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qaysi omillar o‘smirlarning kitob o‘qishiga ijobiy ta’sir qiladi?
O‘zbekistonning 4 viloyatida o‘smir yoshlarning kitob o‘qishga bo‘lgan munosabatini o‘rganish maqsadida tadqiqot o‘tkazildi. Kitob o‘qishga to‘sqinlik qiluvchi asosiy omillar sifatida texnologiyalar ta’siri (47,3 foiz), ota-onalarning e’tiborsizligi (35 foiz), o‘qishga motivatsiyaning pastligi (21,3 foiz), qiziqarli kitoblarning yetishmasligi (10,7 foiz), kutubxonalarning qulay emasligi va tengdoshlarning ta’siri (16,8 foiz) kabilar keltirilgan.
«Oila va gender» ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan «Oilaviy qadriyatlar transformatsiyasi sharoitida o‘smir yoshlarning kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish» mavzusida tadqiqot o‘tkazildi.
Ota-onalar farzandlari bilan birga kitob o‘qishiga to‘sqinlik qiluvchi asosiy omillar sifatida quyidagilarni keltirgan:
· ijtimoiy tarmoqlardagi ma’lumotlarga chalg‘ib qolish (28,1 foiz);
· uy yumushlarining ko‘pligi (23,3 foiz);
· ishxonadagi ishlar (22,3 foiz);
· televizor tomosha qilish (14 foiz);
· uydagi ba’zi bir muammolarning ko‘pligi (12,3 foiz).
Ekspertlar (o‘qituvchi, kutubxonachi, maktab yetakchisi) fikriga ko‘ra, o‘smirlarning kitob o‘qishiga to‘sqinlik qiluvchi asosiy omillar: texnologiyalar ta’siri (47,3 foiz), ota-onalarning e’tiborsizligi (35 foiz), o‘qishga motivatsiyaning pastligi (21,3 foiz), qiziqarli kitoblarning yetishmasligi (10,7 foiz), kutubxonalarning qulay emasligi va tengdoshlarning ta’siri (16,8 foiz).
O‘z navbatida o‘smirlarning kitob o‘qishiga eng kuchli ta’sir etuvchi omillar sifatida ota-onalarning kitob o‘qishga munosabati (17,4 foiz), kitob o‘qiganlik uchun mukofot olish (16,5 foiz) kitobning o‘smir qiziqishlariga mos kelishi (13,9 foiz) tengdoshlarning kitobxonlikka qiziqishi (13,9 foiz) ijtimoiy tarmoqlarda kitoblar haqida fikr almashish va muhokama qilish (10,4 foiz) keltirilgan.
Ota-onalarning farzandlariga kitob xarid qilish darajasiga ko‘ra: 38 foiz yiliga 2-3 marta, 19,5 foiz har oy, 18,1 foiz faqat tug‘ilgan kun yoki bayramlarda, 10 foiz oyda 2-3 marta, 7,2 foiz har hafta bir marta kitob sotib oladi. Shuningdek, 4,8 foiz ota-onalar kitob sotib olmasligini bildirgan.
O‘smirlarning bo‘sh vaqtini qanday o‘tkazishi o‘rganilganda, 21 foiz kitob o‘qish, 19,1 foiz sport bilan shug‘ullanish va 12,1 foiz ijodiy faoliyat bilan band bo‘lishini ma’lum qilgan. Shu bilan birga, 16,2 foiz ijtimoiy tarmoqlarni kuzatish, 14 foiz televizor tomosha qilish va 17,6 foiz do‘stlari bilan vaqt o‘tkazish kabi passiv faoliyatga moyil ekani aniqlangan.
O‘smir yoshlardan qaysi turdagi kitoblarni o‘qish qulayligi so‘ralganda, 41,7 foiz yoshlar bosma kitoblarni, 25 foiz elektron kitoblarni, respondentlarning 33,3 foizi esa kitobning formatiga (bosma yoki elektron) ahamiyat bermasligini, ular uchun asosiy mezon kitobning mazmuni va o‘qish jarayonining sifatliligini aytgan.
Tadqiqot Buxoro, Namangan, Samarqand va Toshkent viloyatlarida o‘tkazilgan. Unda jami 533 nafar o‘smir, 272 nafar ota-ona va 29 nafar ekspert ishtirok etgan.
Mavzuga oid
10:24 / 24.05.2026
$57 millionlik ezgu tashabbus va IIVdagi ikki xil standart - hafta dayjesti
17:39 / 22.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Milliy kitobxonlik harakatiga start berdi
02:09 / 09.03.2026
Tadqiqot: o‘smirlar tobora kamroq uxlamoqda
18:07 / 07.03.2026