Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy: Hududlar masalasi - tinchlik yo‘lidagi eng qiyini
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuvdan so‘ng jurnalistlarga Tomahawk raketalarini uzatish ehtimoli haqida izoh berib, «AQSh keskinlashuvni xohlamasligini» aytdi.
Foto: REUTERS
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy uzoq masofaga mo‘ljallangan Tomahawk qanotli raketalarini yetkazib berish masalasini muhokama qilmasligini, chunki «AQSh keskinlashuvni istamasligini» aytdi. Bu haqda u jurnalistlarga 17 oktyabr, juma kuni Vashingtonda AQSh prezidenti Donald Tramp bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan so‘ng ma’lum qildi.
«Biz bu haqda gaplashmaslikka kelishib oldik. AQSh eskalatsiyani istamaydi», dedi Zelenskiy. U, shuningdek, Ukraina bu raketalarni olmoqchi ekanligini ta’kidladi. Zelenskiy Tomahawk yetkazib berish borasida optimistikmi yoki pessimistikmi, degan savolga Ukraina prezidenti «realist» deb javob berdi.
Zelenskiy, shuningdek, Tramp bilan Rossiyadagi energetika obektlariga zarba berish masalasini muhokama qilmaganini qo‘shimcha qildi. Biroq xavfsizlik kafolatlari muhokama mavzusi bo‘ldi: «Mamlakatimiz o‘t ochishni to‘xtatishga erishgan taqdirimizda ham Putinning tajovuzkorlik bilan qaytishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun AQShdan xavfsizlik kafolati kerak bo‘lishidan qo‘rqadi».
Zelenskiy hududiy masalalarni Rossiya bilan urushdagi eng qiyin masala deb atadi: «Ruslar haqiqatan ham butun hududni egallab olishni xohlaydi. Ammo o‘t ochishni to‘xtatishdan oldin hududlar va boshqa jihatlar bo‘yicha ba’zi kelishuvlarga erishish kerak. Menimcha, birinchi qadam – o‘t ochishni to‘xtatishga erishish muhim».
Zelenskiy Tramp bilan uchrashuvidan so‘ng va jurnalistlar bilan suhbatdan oldin Yevropa yetakchilari bilan telefon orqali muloqot o‘tkazdi. Xususan, suhbatda Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayyen, Germaniya kansleri Fridrix Mers, Finlandiya prezidenti Aleksandr Stubb, shuningdek, Buyuk Britaniya, Italiya, Norvegiya, Polsha bosh vazirlari hamda NATO bosh kotibi Mark Ryutte ishtirok etdi.
Mavzuga oid
18:01
AQSh va Ukraina o‘rtasidagi uch kunlik muzokaralarda o‘sishga erishilmadi
09:22
Rossiya yana Ukrainaga dronlar va raketalar bilan hujum qildi
01:22
AQSh Ukrainaga ko‘proq qurol yetkazib berishni va’da qildi – OAV
21:54 / 06.12.2025