Iqtisodiyot | 14:31 / 20.10.2025
1966
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda har uchta korxonadan bittasi savdoda faoliyat yuritadi

2025 yilning 1 oktyabr holatiga respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni  460,3 mingtani tashkil etgan.

Foto: Milliy statistika qo‘mitasi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, shundan 390,3 mingtasi yoki 84,8 foizi kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Ularning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha:

  • savdo sohasida – 149 470 ta (32,5 foiz);
  • sanoat sohasida – 57 799 ta (12,6 foiz);
  • qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 33 223 ta (7,2 foiz);
  • yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 29 325 ta (6,4 foiz);
  • qurilish sohasida – 29 185 ta (6,3 foiz);
  • tashish va saqlash sohasida – 16 816 ta (3,6 foiz);
  • axborot va aloqa sohasida – 11 241 ta (2,4 foiz);
  • sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida – 13 161 ta (2,9 foiz);
  • boshqa sohalarda – 120 109 ta (26,1 foiz).
Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid