Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy Tramp va Putinning uchrashuvida ishtirok etishga tayyor
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy NBC News telekanaliga bergan intervyusida Oq uy va Kreml rahbari Donald Tramp hamda Vladimir Putin o‘rtasidagi muzokaralar uchun Budapeshtga borishga tayyorligini aytdi.
Foto: NBC News
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy AQSh va Rossiya prezidentlari Donald Tramp va Vladimir Putinning Budapeshtda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan uchrashuviga qo‘shilishga tayyor. «Men tayyorman. Prezidentga [AQSh prezidenti Donald Trampga Oq uydagi uchrashuvda] aytdim. Men tayyorman», dedi Zelenskiy 19 oktyabr, yakshanba kuni NBC News jurnalistining Budapeshtga borish istagi haqidagi savoliga javoban. Prezident, shuningdek, adolatli va mustahkam tinchlik uchun har ikki tomon ham zarurligini ta’kidladi. «Bizsiz qanday kelishuvlar bo‘lishi mumkin?» — dedi u.
Ukraina prezidenti Rossiya urushini tugatish uchun mamlakat hududining bir qismidan voz kechishga tayyormi, degan savolga Zelenskiy shunday javob berdi: «Agar biz bu urushni to‘xtatib, zudlik bilan va diplomatik yo‘l bilan tinchlik muzokaralariga o‘tmoqchi bo‘lsak, o‘zimiz turgan joyda qolishimiz va Putinga ortiqcha hech narsa bermasligimiz kerak».
Suhbat chog‘ida Ukraina prezidenti, shuningdek, Ukraina hozirda «urushda yutqazmayapti, lekin Rossiya ham g‘alaba qozonmayotganini» ta’kidladi. Shu sababli, uning fikricha, Moskva jang maydonidagi ojizligini sezib, ukrainalik tinch aholiga qarshi havo hujumlarini kuchaytirgan. «Shuning uchun u (Vladimir Putin) haqiqatan ham havo hujumlarini kuchaytirmoqda, u qishda energiya falokatini xohlaydi», dedi Zelenskiy.
Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Levitt avvalroq jurnalistlarga Vashington Volodimir Zelenskiy ham sammitda ishtirok etishiga umid qilayotganini aytgandi. 17 oktyabr kuni Vashingtonda Zelenskiy bilan uchrashuvi oldidan Tramp, o‘z navbatida, Ukraina rahbari Budapeshtga kelmasligini, ammo AQSh prezidenti «u bilan aloqada bo‘lishini» ta’kidladi.
Mavzuga oid
13:44
Makron Yevropani Putin bilan muloqotni qayta tiklashga chaqirdi
13:25
Putin: RF aktivlarini musodara qilish yevrohududga bo‘lgan ishonchga putur yetkazadi
22:17 / 19.12.2025
Putin katta matbuot anjumanini o‘tkazdi va jang maydonidagi muvaffaqiyatlarni e’lon qildi
08:45 / 19.12.2025