Jamiyat | 12:07 / 21.10.2025
2869
1 daqiqa o‘qiladi

Qoraqamishdagi maktab yonida yong‘in sodir bo‘ldi

Olmazor tumanida sodir bo‘lgan yong‘in haqida rasmiy ma’lumot berildi.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Kecha, 20 oktyabr kuni soat 17:42 da Toshkent shahar Olmazor tumani Qoraqamish ko‘chasi 3-uy oldida ochiq maydonda quruq o‘t va shox-shabba yonayotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVB xabar kelib tushgan.

Yong‘in-qutqaruv ekipajlari aytilgan manzilga soat 17:48 da yetib borib, yong‘in soat 17:51 da o‘chirilgan.

Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar asossizdir, yong‘inning maktab hududiga aloqasi yo‘q, deyiladi ma’lumotda.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan kadrlarda yong‘in 326-maktab yonida kuzatilganini ko‘rish mumkin.

 

Mavzuga oid