Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston fuqarolari endi Haj va Umraga onlayn ro‘yxatdan o‘tishi mumkin
Buni amalga oshirish uchun yangi servis - “Haj va Umraning yagona portali” ishga tushirildi. U orqali tashkilotlarga shaxsan borish va qog‘oz hujjatlar rasmiylashtirishsiz ariza topshirish mumkin.
Foto: Kun.uz
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita xabariga ko‘ra, elektron navbatga ro‘yxatdan o‘tish ikki usulda amalga oshiriladi — Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali www.my.gov.uz va www.haj-umra.gov.uz sayti orqali.
Bundan avval Saudiya Arabistoni “Haj — 2026” mavsumida ziyoratchilar vizani faqat Nusuk platformasi orqali berilgan sog‘liq holati haqidagi tibbiy guvohnoma mavjud bo‘lgan taqdirda olishi mumkinligini ma’lum qilgan edi.
Hajda ishtirok etishga ruxsat etilmaydigan kasalliklar ro‘yxatida quyidagilar ko‘rsatilgan: dializ talab qiladigan buyrak yetishmovchiligi, og‘ir shakldagi yurak va jigar yetishmovchiligi, kislorod qo‘llab-quvvati talab etiladigan surunkali o‘pka kasalliklari, shuningdek, jiddiy ruhiy va nevrologik buzilishlar. Bundan tashqari, homiladorlikning so‘nggi trimestridagi ayollar, faol yuqumli va onkologik kasalliklarga chalingan shaxslar safarga qo‘yilmaydi.
Mavzuga oid
23:02 / 16.10.2025
Saudiya Arabistoni Haj vizasini berish shartlarini kuchaytirdi
13:41 / 18.09.2025
Saudiyada mushkul ahvolda qolgan bir guruh ziyoratchilar O‘zbekistonga qaytarildi
18:09 / 15.08.2025
“Umra–2025/26” ilk ziyoratchilari Saudiya Arabistoniga yo‘l oldi
10:54 / 11.08.2025