Turizm | 09:31 / 23.10.2025
2679
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston turizm brendining Rossiyadagi elchisi tayinlandi

Rossiya Fanlar akademiyasi Sibir bo‘limining Davlat ommaviy ilmiy-texnik kutubxonasi direktori Irina Lizunova O‘zbekiston turizm brendining Rossiya Federatsiyasidagi elchisi sifatida tasdiqlandi. Kutubxonada o‘tgan tantanali marosimda unga maxsus sertifikat topshirildi.

Foto: "Dunyo" AA

Ta’kidlanishicha, Novosibirsk vakiliga bunday unvon birinchi marta berilmoqda. Lizunova O‘zbekiston bilan Sibir poytaxti o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlashga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda

Shu bilan birga, u novosibirskliklarni mamlakat o‘ziga xos madaniyati, tarixi, ilm-fani hamda bugungi rivojlanish jarayonlari, jumladan turizm sohasidagi yutuqlar bilan tanishtirish bo‘yicha faol ish olib borishini ma’lum qildi.

Tantanali marosimda berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Lizunova uchun mazkur unvon nafaqat ishonch, balki yuksak mas’uliyat hisoblanadi; u “Yangi O‘zbekiston” yutuqlarini Rossiya miqyosida keng targ‘ib etishga bel bog‘laganini qayd etdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid