Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp uchinchi prezidentlik muddatiga nomzodini qo‘yishi mumkinligini aytdi
AQSh Konstitutsiyasi buni taqiqlaydi.
Foto: Reuters
AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakat Konstitutsiyasi ikki martadan ortiq davlat rahbari lavozimini egallashni taqiqlashiga qaramay, uchinchi muddatga o‘z nomzodini ilgari surish imkoniyatini tasdiqladi, deb yozdi The Independent. Bu haqda u jurnalistlarga ma’lum qildi.
Muxbir Trampdan konstitutsiyaviy cheklovga sudda e’tiroz bildirishga tayyormisiz, deb so‘raganida, prezident bu haqda o‘ylab ko‘rmaganini aytgan. Biroq, u «so‘rovnomalar bo‘yicha barcha davrlardagi eng yaxshi ko‘rsatkichlarga» ega ekanini va buni «bajonidil» bajarishini qo‘shimcha qildi. Tramp respublikachilardan bo‘lishi mumkin bo‘lgan boshqa nomzodlar qatorida vitse-prezident Jyey Di Vens va davlat kotibi Marko Rubioni tilga oldi.
AQSh Konstitutsiyasiga kiritilgan 22-tuzatish ikki martadan ortiq prezidentlikka saylanishni taqiqlaydi. Shunga qaramay, Tramp uchinchi muddat g‘oyasini qo‘llab-quvvatlab, «sakkizta urushni yakunlagani va millionlab odamlarning hayotini saqlab qolganini» aytdi.
Tramp uchinchi muddatga nomzodini qo‘yishi uchun AQSh Konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritishga to‘g‘ri keladi. Ammo bu dunyodagi eng murakkab va puxta o‘ylangan mexanizmlardan biri - o‘zgarishlar faqat keng milliy konsensus bilan qabul qilinadi.
Mavzuga oid
08:45
Tramp 2026 yil uchun AQShning rekord mudofaa budjetini imzoladi
20:18 / 18.12.2025
Oq uyda Obama va Baydenni mazax qiluvchi lavhalar o‘rnatildi
16:03 / 18.12.2025
«Bojlar – mening sevimli so‘zim». Tramp xalqqa murojaat qildi
09:50 / 18.12.2025