Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ayubxon Kamolov Namangan shahri hokimi etib tayinlandi
U 2019-2020 yillarda Namangan viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan, 5 yildan buyon Markaziy bank raisi o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgan edi. Namangan shahrining avvalgi hokimi Anvar Otaxo‘jayev bir necha oy oldin 60 ming dollar pora olishda ayblanib qo‘lga olingandi.
Foto: Namangan viloyati hokimligi matbuot xizmati
Markaziy bank raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Ayubxon Kamolov Namangan shahri hokimi etib tayinlandi.
Tayinlov bugun, 29 oktyabr kuni xalq deputatlari Namangan shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasida amalga oshirildi.
Yig‘ilishda Otaxo‘jayev Anvar Xo‘jaxonovichni Namangan shahar hokimi lavozimidan ozod etish hamda Kamolov Ayubxon Orifjonovichni Namangan shahar hokimi lavozimiga tayinlash to‘g‘risida Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov kiritgan takliflarni deputatlar bir ovozdan ma’qulladi.


Ayubxon Kamolov 1971 yilda Namangan shahrida tug‘ilgan. 1993 yili Leningrad qishloq xo‘jaligi institutini, 2001 yili Namangan muhandislik-pedagogika institutini (sirtqi) tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 1993 yilda Namangan viloyati hokimligi huzuridagi Istiqbolni belgilash va statistika bosh boshqarmasi mutaxassisligidan boshlagan. 1994-2017 yillarda bank va Moliya vazirligi tizimlarida turli vazifalarda ishlagan.
2017-2019 yillarda Moliya vazirligi Investitsiya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, 2017-2019 yillarda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ijrochi direktori lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2019 yil fevralidan 2020 yil dekabrigacha Namangan viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan. 2020 yil dekabridan hozirgi tayinlovga qadar Markaziy bank raisining o‘rinbosari lavozimida ishlayotgandi.
Eslatib o‘tamiz, Namangan shahrining sobiq hokimi Anvar Otaxo‘jayev bir necha oy oldin korrupsiyada gumonlanib qo‘lga olingandi. DXX 2 sentabr kuni bergan xabarga ko‘ra, Otaxo‘jayev hokimlikning devonxona mudiri orqali 60 ming dollar olgan vaqtida ushlangan. U ko‘p qavatli uy qurish huquqini olib berish va moliyalashtirish evaziga shuncha pul olganlikda ayblanyapti.
Mavzuga oid
17:08 / 04.12.2025
Erkinjon Turdimov Sirdaryo viloyati hokimi etib tasdiqlandi
15:55 / 02.12.2025
Ulug‘bek Mustafoyev Jizzax viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi
12:48 / 27.11.2025
Mahmud Istamov adliya vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi
16:33 / 25.11.2025