Sport | 22:12 / 30.10.2025
5527
2 daqiqa o‘qiladi

«Arkadag» qatorasiga uchinchi yil ochko yo‘qotmasdan Turkmaniston chempioni bo‘ldi

Turkmanistonning ikkinchi prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov sharafiga nomlangan klubni ichki arenada hech kim mag‘lub etolmayapti.

Foto: turkmenistan.gov.tm

«Arkadag» futbol klubi ketma-ket uchinchi marta Turkmaniston chempionatida muddatidan oldin g‘olib chiqdi.

Jamoa 27 oktabr kuni Yuqori Liganing 23-tur o‘yinida asosiy ta’qibchisi «Ahal»ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi va turnir tugashiga to‘rt tur qolganida navbatdagi chempionlikni qo‘lga kiritdi.

«Arkadag» 2023 yil bahorida tashkil etilgan bo‘lib, shu nomdagi yangi shahar sharafini himoya qiladi. Bu nom (Arkadag, Orqatog‘) Turkmanistonning ikkinchi prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedovning unvoni hisoblanadi. Klub tashkil etilganidan keyin darhol Turkmanistonning eng kuchli futbolchilarini jamladi. Shu sababli ichki arenada chempionat o‘yinlarida ham, kubok o‘yinlarida ham biror marta mag‘lub bo‘lmagan. Klub o‘zi ishtirok etgan barcha rasmiy turnirlarda g‘olib chiqdi - uch marta mamlakat chempionati va kubogi, ikki marta Superkubok.

Shuningdek, xalqaro maydonda OFK Chaqiruv ligasida ham g‘alaba qozondi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid