Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropalik yoshlarga YeI bo‘ylab sayohat uchun bepul chiptalar beriladi
YeIning 40 ming nafar yosh fuqarosi Yevropa Ittifoqi bo‘ylab sayohat qilish uchun bepul chiptalarga ega bo‘ladi. Arizalar 30 oktyabrdan 13 noyabrgacha qabul qilinadi.
Yevropa komissiyasi 40 ming yosh yevropalikka YeI mamlakatlari bo‘ylab bepul sayohat qilish imkoniyatini taqdim etadi. Arizalarni qabul qilish 30 oktyabr kuni boshlandi va 13 noyabr kuni tushgacha davom etadi. 18 yoshli YeI fuqarolari 2026 yil 1 martdan may oyigacha sayohat qilishi mumkin. Bepul chipta sohiblari kelasi yil yanvar oyida e’lon qilinadi.
Sayohatlar 2018 yilda ishga tushirilgan DiscoverEU dasturi doirasida moliyalashtiriladi. Tanlovning ushbu bosqichi uchun ajratilgan umumiy mablag‘ taxminan 22 mln yevroni tashkil etadi.
Dasturdan hozirgacha taxminan 300 ming yosh foydalangan. Arizani European Youth Portal sayti orqali 2007 yilda tug‘ilgan YeI fuqarolari topshirishi mumkin. Arizani shaxsan yoki 18 yoshli besh nafar shaxsgacha bo‘lgan guruh nomidan bersa bo‘ladi. Imkoniyati cheklangan yoshlar ham ishtirok etadi — ularga chiptalardan tashqari qo‘shimcha yordam, masalan, hamroh uchun alohida chipta ham taqdim etiladi.
Ariza topshirishda YeI, Yevropa parlamenti saylovlari va yoshlar uchun boshqa YeI tashabbuslari bo‘yicha beshta savoldan iborat qisqa testdan o‘tish talab etiladi. G‘oliblar ana shu javoblar asosida saralanadi. Har bir YeI davlati uchun ma’lum chiptalar kvotasi ajratilgan.
G‘oliblar 30 kungacha davom etadigan sayohat uchun bepul chiptalar oladi. Qolgan barcha xarajatlar, jumladan yashash to‘lovlari, ishtirokchilarning o‘zi tomonidan qoplanadi. Biroq mehmonxonada yashash va muzeylarga tashrif uchun chegirmalar mavjud. Asosan poyezd chiptalari beriladi, lekin ayrim hollarda avtobus yoki parom ham bo‘lishi mumkin. Samolyot chiptalari faqat istisno tarzida taqdim etiladi. Chiptalarni xarid qilishni Yevropa komissiyasi belgilaydigan tashkilot amalga oshiradi.
Mavzuga oid
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
08:50 / 05.06.2026
YeIda ukrainalik qochqinlarni himoya qilish tartibi o‘zgarishi mumkin
08:58 / 04.06.2026
Ukrainaning YeIga a’zo bo‘lishi yo‘lida muhim qadam tashlandi
08:48 / 03.06.2026