Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda fuqaro ijtimoiy himoya agentligi xodimini jarohatladi
Mojaroga ikki nafar fuqaroning elektr energiya uchun beriladigan bir martalik 1 mln so‘mlik kompensatsiya puli bank tomonidan qarz evaziga ushlab qolingani sabab bo‘lgan.
Andijonda mahalla fuqarolar yig‘ini binosida ijtimoiy xodimni fuqaro choynak bilan urdi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, voqea 1 noyabr kuni sodir bo‘lgan. Mojaroga mahalla fuqarolari — Y.G va Y.D.ning elektr energiya uchun beriladigan bir martalik 1 mln so‘mlik kompensatsiya puli bank tomonidan qarz evaziga ushlab qolingani sabab bo‘lgan.
Janjal vaqtida fuqarolardan biri ijtimoiy xodimni qo‘lidagi choynak bilan urib, uning yuzi va qo‘liga tan jarohati yetkazgan.
Hozirda holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlanib, yetkazilgan jarohat darajasi aniqlanmoqda.
Mavzuga oid
14:04 / 11.06.2026
Toshkent–Andijon va Toshkent–Termiz yo‘nalishlarida yuqori tezlikdagi poyezdlar qatnovi reja qilinmoqda
13:28 / 11.06.2026
Andijondagi poliklinikada fojia: 4 kishi vafot etdi
22:12 / 06.06.2026
Andijonda voyaga yetmagan qiz bilan jinsiy aloqa qilgan IIB xodimi qamoqqa olindi
12:31 / 02.06.2026