Jamiyat | 11:05 / 04.11.2025
3286
1 daqiqa o‘qiladi

Chilonzor tumanida tez ovqat tayyorlash shoxobchasida yong‘in sodir bo‘ldi

Bugun, 4 noyabr kuni soat 01:26 da Chilonzor tumani Qatortol ko‘chasida joylashgan tez ovqat tayyorlash shoxobchasi binosida yong‘in yuz berdi. Yong‘in-qutqaruv xizmati hodisani qisqa fursatda bartaraf etdi, jabrlanish holatlari qayd etilmadi.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, xabar soat 01:26 da qabul qilingan. Yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 01:34 da voqea joyiga yetib kelgan.

Qutqaruvchilar harakatlari natijasida yong‘in soat 01:45 da qurshab olingan va soat 01:48 da to‘liq o‘chirilgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

Yong‘inning kelib chiqish sababi va yetkazilgan moddiy zarar miqdorini aniqlash bo‘yicha tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid