Iqtisodiyot | 07:32 / 04.11.2025
3521
2 daqiqa o‘qiladi

Jahon import bozori: superxaridorlar reytingi

2024 yilda jahon tovar importining 13 foizidan ortig‘i AQSh hissasiga to‘g‘ri kelib, ular sayyora miqyosidagi eng yirik xaridorga aylandi. Bu mamlakat import hajmini 3,4 trln dollarga yetkazdi.

Foto: Getty Images

Amerika importiga bo‘lgan «tom ma’nodagi tugamaydigan» talab — sanoat xomashyosi (masalan, mis va uskunalar)dan tortib iste’mol tovarlarigacha — ichki talab yuqoriligi va biznes faolligi jonlanganining ifodasiga aylandi. Ayni paytda, Xitoy 2,6 trln dollarlik import ko‘rsatkichi bilan dunyo reytingida ikkinchi o‘rinni egalladi

Jahon savdo tashkiloti ma’lumotlariga asoslangan ushbu infografika sayyoradagi eng yirik tovar import qiluvchilarini yaqqol namoyish etadi.

Foto: Visualcapitalist

AQSh katta ustunlik bilan dunyodagi bosh importyor maqomini saqlab turibdi — umumjahon hajmining 13,6 foizi.

Eng yirik import tarmoqlari orasida farmatsevtika va avtomobilsozlik bor. Amerika importining jami 28,1 foizi Meksika va Kanada hissasiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, Yevropa Ittifoqi va Xitoy ulushlari mos ravishda 18,5 foiz va 13,4 foizni tashkil etgan.

Importi 718 mlrd dollarga yetgan Hindiston reytingda sakkizinchi o‘rinni egalladi. Yillik 7 foizlik o‘sish mamlakat iqtisodiy o‘sishining barqarorligi bilan ta’minlandi. Asosiy import hamkorlari — Xitoy, Rossiya va BAA. 2024 yilda Buyuklashgan Arab Amirliklaridan import 34 foizga keskin oshdi.

O‘sish sur’atlari bo‘yicha yetakchi — Vetnam: import yil davomida 17 foizga oshib, juda ta’sirli natija qayd etdi. Undan keyin 16 foizlik o‘sish bilan BAA joylashdi, bu, 2024 yilda tashqi savdo hajmi rekord darajaga chiqqani sharoitida oltin va avtomobillarga talab keskin ortishi bilan izohlanadi.

Rossiya 300 mlrd dollarlik ko‘rsatkich bilan reytingda 25-o‘rinni egallagan.

Mavzuga oid