Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘iston: tuz sanoatiga yirik sarmoyalar yo‘naltiriladi
Prezidentning PQ–333-son qaroriga muvofiq, Qo‘ng‘irot tumanidagi “Barsakelmes” tuz konida tuzni qayta ishlash sanoatini jadal rivojlantirish, maxsus sanoat zonasini barpo etish va yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish belgilandi.
Qarorda “Barsakelmes” tuz konida qator ustuvor vazifalar belgilandi.
Ularga ko‘ra:
- 2026 yilda kamida 50 mln AQSh dollari miqdorida investitsiyalarni o‘zlashtirish;
- 2026–2030 yillarda jami 200 mln AQSh dollari sarmoyani jalb etish mo‘ljallangan.
Tuzni chuqur qayta ishlash zanjirini shakllantirish maqsadida kon hududida chegaralarda qayta ishlashga ixtisoslashgan Kungrad Salt Free Zone sanoat zonasi tashkil etiladi.
2025–2026 yillarda 50 gektar yer uchastkasida start loyihalari amalga oshiriladi.
Zaruratdan kelib chiqib, sanoat zonasi hududi bosqichma-bosqich 200 gektargacha kengaytiriladi.
Sanoat zonasida investitsiya loyihasini amalga oshirishni boshlagan tadbirkorlarga 5 yil muddatga “Nukus” erkin iqtisodiy zonasi ishtirokchisi maqomi beriladi. Shuningdek, qurilib foydalanishga topshirilgan ijtimoiy soha obektlari investor tomonidan tegishli davlat organlari tasarrufiga beg‘araz o‘tkaziladi.
Loyiha tuz xomashyosini chuqur qayta ishlash orqali qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, eksport salohiyatini oshirish, hududda yangi ish o‘rinlari yaratish va investitsiyaviy jozibadorlikni kuchaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
19:19 / 11.06.2026
Qoraqalpog‘istonda soxta hisobotlar ortidan yuzlab million so‘mlik subsidiyalar olingan
09:20 / 27.05.2026
Toshkentdan Qoraqalpog‘istongacha “yashil” texnikumlar tashkil etiladi
08:37 / 25.05.2026
O‘zbekistonda kripto-mayningni nazorat qilish kuchaytiriladi
20:53 / 15.05.2026