O‘zbekiston | 15:45 / 07.11.2025
2489
2 daqiqa o‘qiladi

Migrantlar uchun imtiyozli sug‘urta tariflari ishlab chiqiladi

Tashkiliy tarzda xorijga ishlashga ketayotgan fuqarolarning hayoti, sog‘lig‘i va boshqa tavakkalchiliklarini himoyalash maqsadida hukumat qarori qabul qilinadi. Unga ko‘ra, migrantlar uchun ixtiyoriy sug‘urta tizimi joriy etiladi va sug‘urta kompaniyalari imtiyozli tariflar hamda yangi sug‘urta mahsulotlarini ishlab chiqadi.

Foto: Reuters

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi taklifi bilan migrantlar hayoti va sog‘lig‘ini ixtiyoriy sug‘urta qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi

Sug‘urta tashkilotlariga quyidagilarni joriy etish tavsiya etildi: 

xorijda mehnat faoliyati davrida hayot va sog‘liq sug‘urtasi; 

patent/ruxsatnoma rad etilishi xavfini sug‘urtalash;

xorijda ishga joylashish uchun kreditlar qaytmasligi xavfini sug‘urtalash;

O‘zbekiston hududida ixtiyoriy tibbiy sug‘urta polisi berish yoki migrant bo‘lgan mamlakatda assistans xizmatlari orqali tibbiy yordamni tashkil etish.

Sug‘urta qoplamasi badal to‘langan valutada qoplanadi. Uzoq muddatli hayot sug‘urtasi:

sug‘urtalanuvchi vafot etsa yoki I–II guruh nogironligi yuz bersa — sug‘urta summasiga teng qoplama;

belgilangan yoshga yetganda — sug‘urta summasi va investitsiya daromadidan ulush to‘lanadi (kamida 30 foiz mukofot hayot sug‘urtasiga yo‘naltirilgan va davr 12 oydan ortiq bo‘lsa, pul o‘tkazish xarajatlari to‘liq qoplanadi).

Mehnat migrantlarining hayoti, sog‘lig‘i va tavakkalchiliklarini sug‘urtalash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq qabul qilinadi.

Yangi mexanizm migrantlar uchun moliyaviy va tibbiy xavflarni kamaytiradi, rad etilgan hujjatlar va qarz qaytmasligiga oid tavakkalchiliklarni sug‘urta orqali qoplash imkonini yaratadi, shu bilan birga xorijda bo‘lgan migrantlar uchun assistans orqali tezkor tibbiy yordamni ta’minlaydi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid