Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT: Dunyoda jurnalistlar o‘ldirilishining 85 foizi ochilmay qolmoqda
Jurnalistlar o‘ldirilishining eng ko‘p tasdiqlangan holatlari arab davlatlarida, Lotin Amerikasi va Karib havzasi mamlakatlarida qayd etilgan.
Foto: BMT
Butun dunyoda jurnalistlar o‘ldirilishi holatlarining o‘ndan to‘qqiztasi ochilmay qolmoqda. Bu haqda BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish jurnalistlarga qarshi jinoyatlar uchun jazosizlikka barham berish xalqaro kuni munosabati bilan yo‘llagan murojaatida ma’lum qildi.
«Men G‘azoda jurnalistlarning o‘ldirilishini qoralayman, ularning ko‘pligidan g‘azablanaman va mustaqil hamda xolis tergov o‘tkazishga chaqiraman. Xalqaro jurnalistlarning G‘azoga kirishiga to‘sqinlik qiluvchi taqiq mutlaqo qabul qilinishi mumkin emas», dedi Antoniu Guterrish.
Jurnalistlar o‘ldirilishining eng ko‘p tasdiqlangan holatlari arab davlatlarida (82), Lotin Amerikasi va Karib havzasi mamlakatlarida (34), Afrikada (5), Osiyo-Tinch okeani mintaqasida (30) hamda Yevropa va Shimoliy Amerikada (12) qayd etilgan.
BMT Bosh kotibining ta’kidlashicha, ommaviy axborot vositalari xodimlariga qarshi jinoyatlar uchun jazosiz qolishning global darajasi hali ham juda yuqori: 2022 yilga nisbatan bir foizga kamaygan bo‘lsa-da, jurnalistlar qotilliklarining 85 foizi ochilmay qolmoqda.
Shu bilan birga, «Chegarasiz muxbirlar» tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-2025 yillarda kamida 1163 nafar jurnalist hibsga olingan, ulardan 568 nafari 48 mamlakatda hamon hibsda qolmoqda. BMT Bosh kotibining fikricha, davlatlar tezkor, puxta, xolis va mustaqil tergov yo‘li bilan jurnalistlarni o‘ldirganlik uchun jazosiz qolishga chek qo‘yishi kerak.
Mavzuga oid
22:12 / 17.03.2026
BMT Erondagi urush tufayli dunyoda rekord darajadagi ocharchilik haqida ogohlantirdi
13:42 / 16.03.2026
Isroil raketa to‘suvchi vositalar tanqisligi haqidagi xabarlarni rad etdi
13:27 / 14.03.2026
Tramp Putinning Erondan uranni Rossiyaga olib chiqish haqidagi g‘oyasini rad etdi
21:19 / 12.03.2026