Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston o‘smirlari jahon chempionatida Irlandiyaga yutqazdi
Qatarda o‘tkazilayotgan 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionatida o‘zbekistonliklar guruhdagi ikkinchi o‘yinni Yevropa vakiliga 1:2 hisobida boy berdi. Biroq, keyingi bosqichga chiqish imkoniyatini saqlab qoldi.
Foto: O‘FA
Qatarda 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida jahon chempionati davom etmoqda.
J guruhida O‘zbekiston U17 jamoasi 8 noyabr kuni 2-tur doirasida Irlandiyaga 1:2 hisobida yutqazdi.
O‘yinning 19-daqiqasida Abubakir Shukurullayev darvozabon qaytargan to‘pni to‘rga yo‘llab, hisobni ochdi. Keyingi gollar irlandiyaliklar tomonidan bosh bilan urildi. 32-daqiqada Gredi Makdonnell, 75-daqiqada Maykl Nonan O‘zbekiston o‘smirlari darvozasini ishg‘ol qildi.
Guruhdagi ikkinchi o‘yinda Paragvay Panamani 2:1 hisobida mag‘lub etdi.
Bu natijalardan so‘ng, Irlandiya 6 ochko bilan guruhda yakka peshqadamlik qilmoqda. O‘zbekiston va Paragvay hisobida 3 ochko bor, Panama ochkosiz.
O‘zbekiston o‘smirlari guruhdagi yakuniy o‘yinni 11 noyabr kuni Panamaga qarshi o‘tkazadi.
Ma’lumot uchun, U17 jahon chempionatida 48 ta jamoa 12 ta guruhga ajratilgan. Guruhda 1- va 2-o‘rinni egallagan jamoalar 1/16 finalga chiqadi. Shuningdek, guruhlarda 3-o‘rinni egallagan jamoalardan yaxshi ko‘rsatkichga ega bo‘lgan 8 tasi ham pley-offga yo‘l oladi.
FIFA U17 jahon chempionati
Qatar, Doha, Aspire akademiyasi maydoni
O‘zbekiston U17 – Irlandiya U17 1:2
Gollar: Abubakir Shukurullayev (19) – Gredi Makdonnell (32), Maykl Nonan (75)
Bosh hakam: Merife Abdu (Kamerun)
O‘zbekiston: Ne’matulloh Rustamjonov, Muhammad Hakimov, Mo‘minxon Bahodirxonov, Sadriddin Hasanov (Abdusamad Saidov 73), Muhammad Habibullayev (Jamshidbek Rustamov 73), Sayfiddin Sodiqov, Abdulmalik Anvarov, Muhammadali Musaxonov, Azizbek Abdumo‘minov (Asilbek Aliyev 63), Abubakir Shukurullayev, Azizbek Erimbetov (Amirhon Murodov 84)
Irlandiya: Alek Nonan, Oysin Makdonag, Vinni Leonard, Rori Finneran, Gredi Makdonnell, Maykl Nonan, Ramon Martos, Jyeyden Ume, Rayan Batler, Ade Solanke, Maks Kovalyovskis
Mavzuga oid
23:03 / 27.11.2025
Portugaliya o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘alaba qozondi
23:48 / 18.11.2025
Bu jamoa bilan yo‘lim tugadi – Islombek Ismoilov O‘zbekiston U17 bilan xayrlashdi
19:26 / 18.11.2025
O‘zbekiston o‘smirlari Italiyaga yutqazib, jahon chempionatini tark etdi
22:56 / 15.11.2025