Jahon | 16:20 / 08.11.2025
2780
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada hibsdagi o‘zbeklar bilan uchrashuv o‘tkazildi, bir nafari ozod etildi

O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi vakillari Turkiyaning Sakarya viloyatidagi jazoni ijro etish muassasasiga tashrif buyurib, hibsdagi vatandoshlar bilan uchrashdi, huquqiy-konsullik maslahatlari berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yil 30 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan sud majlisida vatandoshlardan biri - F.A. sud zalidan ozod etilgan.

Foto: "Dunyo" AA

Diplomatlar hibsda saqlanayotgan o‘zbekistonliklar bilan suhbat o‘tkazib, ularning huquqiy holati, mudofaa strategiyasi va zarur konsullik yordami masalalarini muhokama qildi. Bosh konsulxona xodimlari ishlarni yuritayotgan advokatlar bilan ham uchrashib, sud jarayonlari va hujjatlar yuzasidan fikr-mulohaza almashdi.

Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni saqlashda gumonlanib 2024 yildan buyon saqlanib kelgan F.A. ishi yuzasidan 2025 yil 30 oktyabr kuni o‘tkazilgan navbatdagi sud majlisida ozodlikka chiqarish to‘g‘risida qaror qabul etilgani ma’lum qilindi.

O‘zbekistonning konsullik muassasalari fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, zarur hollarda ularga amaliy yordam ko‘rsatishni davom ettirishini ta’kidladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid