Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent IIBB: “o‘rindiqlarga shprits qo‘yib ketilyapti” degan videolar - yolg‘on
Ijtimoiy tarmoqlarda “OITSga chalinganlar o‘rindiqlarga shprits qo‘yib, kasallikni tarqatmoqda” degan videolar tarqaldi. Toshkent shahar IIBB surishtiruvida bu xabarlar rad etildi, videolarni tayyorlab, tarqatgan yigitlar aniqlandi.
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Huquq-tartibot idoralari ma’lum qilishicha, roliklarda kimsalar foydalanilgan tibbiy ignani o‘rindiqlarga joylashtirib, fuqarolarga qasddan zarar yetkazayotgani iddao qilingan. Tekshiruv natijasida bu da’volar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi ma’lum bo‘ldi.
Ish bo‘yicha videolar ham rasmiylarga taqdim etilgan. Rolik mualliflaridan biri: “Do‘stim ‘SPID’ haqida video olaylik dedi. Ommaviy tarqab ketishini o‘ylamaganman. Qilgan ishimdan afsusdaman, xalqdan uzr so‘rayman”, — deydi. Yana biri: “Instagram’da ko‘rib g‘oya keldi. ‘Skameyka’ga shprits qo‘yilgani haqidagi videoni takrorladik. Prosmotr va layk uchun qilganman. Afsusdaman, xalqdan uzr so‘rayman”, — deya izoh bergan.
IIBB yolg‘on ma’lumot tarqatish jamoat xavfsizligiga tahdid solishini qayd etdi. Roliklar “kontent” sifatida tayyorlangani va auditoriya diqqatini jalb qilish maqsadini ko‘zlagani ma’lum bo‘ldi.
Eslatma: OITS yuqishi qanchalik darajada qo‘rqinchli bo‘lmasin, kasallik faqatgina tibbiy jihatdan aniqlangan yuqish yo‘llari orqali yuqadi. Ijtimoiy tarmoqlardagi tasdiqlanmagan da’volarga ishonmaslik va rasmiy manbalarga tayanish tavsiya etiladi.
Mavzuga oid
08:50 / 10.11.2025
Internetda 600 nafar fuqaroni aldagan guruh qo‘lga olindi: 1 mlrd so‘mdan ortiq pul o‘zlashtirilgan
16:02 / 28.08.2025
Sobiq harbiy qism binolari yerini 600 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
15:26 / 06.08.2025
Toshkentda o‘tkir tig‘li ashyolarni noqonuniy ravishda olib yurgan 1631 kishi aniqlandi
07:31 / 12.07.2025