Texnologiya | 18:54 / 11.11.2025
4307
2 daqiqa o‘qiladi

AQShda eng katta elektr aviatsiya yoqilg‘i tashuvchi taqdim etildi

Missurilik Skymark Refuelers kompaniyasi AQShdagi eng yirik elektr yoqilg‘i quyish mashinasini namoyish qildi. Uning sig‘imi - 7000 gallon (taxminan 26 500 litr) bo‘lib, bu deyarli ikki katta yoqilg‘i yuk mashinasiga teng.

Foto: Skymark Refuelers

Yangi texnika nafaqat bir nechta samolyotni to‘liq yoqilg‘i bilan ta’minlay oladi, balki 32 km masofagacha harakatlana oladi. Qurilma 240 kVt·soatli batareya va har xil ob-havoda barqaror ishlash uchun sovitish tizimi bilan jihozlangan.

Tizim xavfsizlik bo‘yicha ilg‘or yechimlarga ega: agar biror nosozlik aniqlansa, u avval operatorni ogohlantiradi, zarur bo‘lsa, avtomatik tarzda tizimni to‘liq o‘chiradi.

Bu loyiha aeroportlarning uglerod chiqindilarini kamaytirish strategiyasining bir qismi hisoblanadi. Mutaxassislar fikricha, bu — kelajak samolyotlarini kutmasdan turib ham aviatsiyani ekologik yo‘lga o‘tkazishning amaliy usuli.

Dastlabki nusxa Kaliforniyadagi Van Nuys aeroportida sinovdan o‘tmoqda, natijalar ijobiy bo‘lsa, loyiha mamlakat bo‘ylab kengaytiriladi.

Texnologiyalar tez o‘zgarayotgan bugungi kunda eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lish muhim. Raqamli dunyoda adashib qolmaslik va shunday yangiliklarni birinchilardan bilish uchun KUN.UZ Texnologiya Telegram sahifasini kuzatib boring.

Mavzuga oid