Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainada Zelenskiyning safdoshi Timur Mindich uyida tintuv o‘tkazildi
Ukraina Milliy antikorrupsiya byurosi (NABU) 10 noyabr kuni tongda Kiyevda prezident Volodimir Zelenskiyning ko‘p yillik safdoshi, biznesmen va «Kvartal 95» studiyasining mulkdori Timur Mindich uyida tintuv o‘tkazdi, deb xabar berdi «Ukrainskaya pravda» huquqni muhofaza qilish organlaridagi manbalarga tayanib. Jurnalistlar ma’lumoticha, tintuv boshlanishidan bir necha soat oldin Mindich mamlakatdan chiqib ketgan.
NABU Ukraina Ixtisoslashtirilgan antikorrupsiya prokuraturasi (SAP) bilan birgalikda «energetika sohasida korrupsiyani fosh etish bo‘yicha ko‘lamli operatsiya» o‘tkazilganini tasdiqladi, biroq aynan kimlarda tintuv bo‘lganini aniqlashtirmadi. Idoraning Telegram-kanalida: «15 oylik ish va 1000 soatlik audiyozuv. Yuqori darajadagi jinoiy tashkilot faoliyati hujjatlashtirildi», — deyiladi.
«Jinoiy tashkilot faoliyatining asosiy yo‘nalishi “Energoatom” kontragentlaridan shartnomalar qiymatining 10–15 foizi miqdorida tizimli ravishda noqonuniy foyda olish edi. Xususan, “Energoatom” kontragentlariga ko‘rsatilgan xizmatlar/yetkazib berilgan mahsulot uchun to‘lovlarni bloklashdan qochish yoki yetkazib beruvchi maqomidan mahrum qilmaslik uchun “otkat” to‘lash shartlari bo‘lgan», — deb yozdi NABU. Idoraga ko‘ra, «yiliga 200 mlrd grivnadan ortiq daromadga ega bo‘lgan strategik korxona boshqaruvi» rasmiy mansabdorlar tomonidan emas, balki «formal vakolatlarsiz» shaxslar — «kuzatuvchi» rolini olganlar tomonidan amalga oshirilgan.
NABUning YouTube-kanalidagi rolik tasviri tavsifida jinoiy tashkilot tarkibiga «energetika sohasining amaldagi va sobiq mansabdor shaxslari, mashhur biznesmen va boshqa shaxslar» kirgani qayd etilgan.
Shu kuni Ukraina adliya vaziri va sobiq energetika vaziri German Galushchenkoning uyida, shuningdek, «Energoatom»da tintuvlar o‘tkazilgani haqida Oliy Rada deputati Yaroslav Jyeleznyak xabar qildi. «Ukrainskaya pravda» bu ma’lumotni «bir-biridan mustaqil ikki manba» tasdiqlaganini yozdi.
«Ukrainskaya pravda» rasmiy izoh so‘rab NABU va SAPga murojaat qildi. Jurnalistlar xabariga ko‘ra, SAP tergov harakatlarini izohlashdan bosh tortdi.
Mavzuga oid
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
20:34 / 19.06.2026
Kapotnyadagi zavodga Rossiya raketasi tushgani ma’lum qilindi
18:17 / 19.06.2026
Solovyov dronlar hujumini tasvirga olganlarni qamashni talab qildi
08:58 / 19.06.2026