Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda chiqindi tashuvchi texnikalar harakatini GPS orqali kuzatish yaratildi
Buning uchun Tozapoytaxt.uz axborot tizimi ishga tushirildi. Hozircha tizim Toshkent shahri bo‘yicha faqat tumanlar kesimidagi texnikalarning harakatda yoki garajda ekaniga oid ma’lumotni ko‘rsatmoqda. 2026 yil 1 yanvaridan har bir chiqindi tashuvchi texnikaning kelish vaqti va yo‘nalishi mahallalar kesimida ham e’lon qilinishi kutilyapti.
Foto: Kun.uz
Poytaxt hokimligining xabar berishicha, chiqindi tashuvchi texnikalar harakatini GPS tizimi orqali real vaqt rejimida kuzatish uchun Tozapoytaxt.uz axborot tizimi ishga tushirildi.
Tizim faoliyati chiqindilar sohasidagi shikoyat va murojaatlarini qabul qilish xalqnazorati.uz platformasi orqali markazlashgan tarzda olib borilmoqda.
Havola orqali kirilsa, poytaxt tumanlari kesimida qancha chiqindi tashuvchi texnika mavjudligi, ular yo‘lda yoki garajda ekani ko‘rinadi. Qancha vaqtda, qachon qayerga yetgani ko‘rinmaydi.
Ma’lumotga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvardan mahallalar kesimida ham chiqindi tashuvchi texnikaning kelish vaqti hamda yo‘nalishini onlayn kuzatish mumkin bo‘ladi.
Xabarda aytilishicha, kelgusida:
- mahallalarni chiqindi konteynerlari bilan ta’minlash bo‘yicha ikki yillik dastur e’lon qilinadi;
- kunlik chiqindi hajmi onlayn tarzda ochiq e’lon qilib boriladi;
- fuqarolar tomonidan xizmatlarni baholash mexanizmi yo‘lga qo‘yiladi;
- tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalar ijrosi onlayn monitoring orqali nazorat qilinadi.
Ma’lumot uchun, Toshkentda maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish jarayoni raqamlashtirilishi ancha avvalroq boshlangandi. Hokimiyat “Toza poytaxt” dasturiy ta’minotini ishga tushirishini avgustda ma’lum qilgan edi.
Tizim dastlab test rejimida Olmazor tumanida ishlashi, 1 sentabrgacha poytaxtning barcha tumanlariga bosqichma-bosqich joriy etilishi rejalashtirilgandi.
Eslatib o‘tamiz, kelasi yil 1 yanvardan boshlab qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun haq to‘lashning yangi tartibi joriy etiladi. Unga ko‘ra, endi sanitar tozalash sohasida iste’molchilardan faqat ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lov hisoblanadi.
Shuningdek, qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar uchun to‘lovlardan tushgan mablag‘lar bevosita Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligining maxsus hisobraqamiga yo‘naltiriladi.
Mavzuga oid
19:39 / 01.09.2025
Rossiya Yevrokomissiya rahbari samolyotining GPS signalini o‘chirib qo‘yganlikda ayblandi
17:51 / 15.01.2025
Finlandiya aeroportlari GPS faoliyatidagi uzilishlar tufayli muqobil tizimdan foydalanishga o‘tmoqda
22:21 / 17.12.2024
SpaceX raketasi yangi avlod GPS sun’iy yo‘ldoshini orbitaga olib chiqdi
10:30 / 05.10.2024