Şavkat Mirziyoyev 26 sentabr kuni Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş sohasida şaffoflikni ta’minlaş va boşqaruvni yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisidagi farmonni imzoladi.
2026 yil 1 yanvardan boşlab çiqindilar bilan boğliq xizmatlarni tadbirkorlarga beriş yuzasidan ötkaziladigan tender jarayonini onlayn kuzatiş imkoniyatini yaratiladi.
Sanitar tozalaş korxonalari tomonidan çiqindi töplaş şoxobçalariga videokuzatuv kameralarini örnatiş va şoxobçalar faoliyatini aholi tomonidan kuzatiş imkoniyati yaratiladi.
Çiqindilarni taşiş bilan şuğullanuvçi barça maxsus texnikalarga sanitar tozalaş korxonalari mablağlari hisobidan onlayn kuzatuv (GPS) tizimini örnatiş hamda mazkur texnikalarni kuzatiş bilan boğliq bölgan xarajatlar uçun oylik tölovlarni markazlaşgan holda amalga oşiriş va bu orqali çiqindilarning belgilangan grafik va muddatlarga muvofiq olib çiqib ketilişini kuzatiş imkoniyatini yaratiladi.











