Finlandiyadagi deyarli barça aeroportlar GPS tizimidagi nosozliklar tufayli muqobil tizimlardan foydalanişga majbur bölmoqda, deb xabar berdi Yle.

«Ötgan yilning yanvaridan beri Rossiya tomonidan GPS tizimi orqali xalaqit berişlar sezilarli darajada oşdi», — deydi Traficom transport va aloqa agentligi eksperti Tapani Maukonen.

Qayd etilişiça, hozirda Finlandiyadagi 14 ta aeroport samolyotlarni qöndirişda radar va havo kemasi qayerda ekanini aniqlovçi yerusti stansiya tizimlari tarmoğidan foydalanmoqda.

Qiş va bahor davomida Kemi-Tornio, Yoyensuu va Kokkola-Piyetarsaari aeroportlari ham GPS örniga şu kabi tizimdan foydalanişga ötadi.

Traficom ma’lumotlariga köra, 2024 yilda Finlandiya havo makonida jami 2,8 mingta GPS faoliyatiga xalaqit beriş holatlari aniqlangan — undan bir yil oldin uşbu körsatkiç qariyb 200 tani taşkil etgan xolos.

2024 yilning noyabrida Şarqiy Finlandiyadagi uçta aeroport Rossiya GPS faoliyatiga xalaqit berayotgani bois samolyotlarni qöndirişda eski radiolokatsion tizimlardan foydalanişga qaror qilgani töğrisida xabar berilgandi. Finavia’ning xavfsizlik va infratuzilma böyiça vitse-prezidenti Xenri Xanssoni sözlariga köra, havo bandargohlari 1960 yillarda işlab çiqilgan DME radionavigatsion tizimlaridan foydalanadi.