Endi çiqindi olib çiqiş sohasida faqat körsatilgan xizmatlar uçun tölov hisoblanadi. Bu haqda Çiqindilarni boşqariş agentligi xabar berdi.
Qayd qilinişiça, sanitar tozalaş xizmatlari sifatini oşiriş va tölov intizomini mustahkamlaş maqsadida 2026 yil 1 yanvardan boşlab qattiq maişiy çiqindilarni töplaş va olib çiqib ketiş xizmatlari uçun haq tölaşning yangi tartibi joriy etiladi. Mazkur tartibga köra, endi sanitar tozalaş sohasida iste’molçilardan faqat körsatilgan xizmatlar uçun tölov hisoblanadi.
Iste’molçilar (jismoniy va yuridik şaxslar) tomonidan qattiq maişiy çiqindilarni töplaş va olib çiqib ketiş böyiça xizmatlar uçun onlayn tölov tizimlari orqali amalga oşiriladi.
Şuningdek, qattiq maişiy çiqindilarni töplaş va olib çiqib ketiş böyiça xizmatlar uçun tölovlardan tuşgan mablağlar bevosita Çiqindilarni boşqariş va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantiriş agentligining maxsus hisob raqamiga yönaltiriladi.
Jamlangan mablağlar hisobidan haq tölaş belgilangan sub’yektlarga (sanitar tozalaş korxonalari, poligonlar, çiqindi yoqiş zavodlari, ekosanoat hududlari va boşqalar) yagona tizim orqali quyidagi tartibda amalga oşiriladi:
- sanitar tozalaş korxonalariga qattiq maişiy çiqindilarni poligonga yoki çiqindilarni qayta yuklaş punktlariga topşirgani uçun (alohida tartib asosida tonna/kilometr hisobida);
- çiqindi poligonlariga/çiqindilarni qayta yuklaş punktiga/çiqindilarni yoqiş zavodiga çiqindilarni qabul qilgani va utilizatsiya qilgani uçun (tonna hisobida);
- ekosanoat zonalarida faoliyat yurituvçi tadbirkorlik sub’yektlariga (har bir tonnasi uçun) belgilangan tartibda tölab beriladi.
Har oy yakuni bilan xizmat körsatuvçi sanitar tozalaş korxonalari faoliyatining asosiy samaradorlik körsatkiçlari baholab boriladi, ular “qizil”, “sariq” va “yaşil” toifalarga ajratiladi. Samaradorlik körsatkiçi yuqori baholangan “yaşil” toifadagi sanitar tozalaş korxonalariga “qizil”, “sariq” toifadagilarga nisbatan köproq haq tölanadi. Bu tartib sanitar tozalaş korxonalarining KPI körsatgiçlari asosida aniqlanadi.

















