Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uy-joy xaridi uchun bankda eskrou hisobvarag‘ini ochishga ruxsat berildi
Bank hisobvaraqlarini ochish to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgarish kiritildi. Endi mijozlar banklarda eskrou hisobvaraqlarini ochishi mumkin. Bu tizim qurilishda moliyaviy intizomni kuchaytirishi va mijozlar uchun xavfsiz muhit yaratishi kerak.
Foto: Kun.uz
Adliya vazirligida «Bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida»gi qaror davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Ushbu hujjat bilan bir qator yangiliklar belgilandi, jumladan:
- Endi mijozlar banklarda eskrou hisobvaraqlarini ochishi mumkin (ma’lumot uchun: bu hisobvaraqlar elektron tijoratda elektron savdo maydonchalari orqali mahsulotlar oldi-sotdisi, ulushli shartnomalar bo‘yicha va boshqa sohalarda bitimlar tuzishda qo‘llaniladi).
Bank hisobvaraqlarini ochish uchun mijozlar shaxsni tasdiqlovchi hujjatning hamda o‘zini o‘zi band qilgan jismoniy shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotnomaning YaIDXP (my.gov.uz) va/yoki «Ijtimoiy karta» mobil ilovasi orqali beriladigan elektron shaklini taqdim etishi mumkin.
Norezident jismoniy shaxslar ilgari tegishli bankda bank hisobvarag‘ini ochgan bo‘lsa, ushbu bankda boshqa bank hisobvarag‘ini masofadan turib ochishi mumkin.
14 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmagan shaxsga ota-onadan biri yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxs (qonuniy vakili) tomonidan milliy va chet el valutasida depozit, metall hisobvaraqlar ochish mumkin.
14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmagan shaxslar milliy va chet el valutasida depozit, metall hisobvarag‘ini mustaqil ravishda ochishi mumkin.
Prezident farmoniga ko‘ra, 2025 yil 1 iyuldan O‘zbekistonda uy-joy xarid qilish jarayonida eskrou tizimi amaliyotga joriy etildi. Bunda amaldagi va yangi tizim parallel ravishda qo‘llanadi. 2026 yil 1 yanvardan boshlab faqat eskrou hisobvaraq orqali hisob-kitoblarga ruxsat etildi. Bu tizim qurilishda moliyaviy intizomni kuchaytirishi va mijozlar uchun xavfsiz muhit yaratishi kerak.
Mavzuga oid
18:37 / 28.03.2026
Naqdsiz savdo banklarga 100 trillion so‘mgacha mablag‘ olib kirishi mumkin - IMV
16:44 / 28.03.2026
Markaziy bank hisobvaraqlar o‘rtasida A2A o‘tkazmalarni ishga tushirdi
16:34 / 28.03.2026
“Kartani to‘ldirish komissiyalarini Markaziy bank tartibga solmaydi” - Nodir Saydullayev
15:46 / 28.03.2026