Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Novorossiyskdagi neft bazasiga dron zarar yetkazdi
Krasnodar o‘lkasi operativ shtabi «Shesxaris» neft terminaliga zarba berilgani va obektda yong‘in kelib chiqqanini tasdiqladi. Shuningdek, dron parchalari uch ko‘p qavatli uy va fuqarolik kemaciga zarar yetkazgani haqida ham xabar berilmoqda.
Foto: Dmitry Feoktistov/Tass/dpa/picture alliance
Novorossiyskka dron tomonidan qilingan tungi hujum natijasida «Shesxaris» qayta yuklash majmuasidagi neft bazasiga zarar yetdi. Neft terminaliga zarba berilgani va obektda yong‘in kelib chiqqanini Krasnodar o‘lkasi operativ shtabi 14 noyabr kuni tasdiqladi. Qirg‘oqbo‘yidagi inshootlar ham shikast ko‘rgan.
RBK-Ukraina xabar berishicha, «Shesxaris» Rossiyaning «Transneft» kompaniyasi neft quvurlarining yakuniy nuqtasi hisoblanadi. Terminal eksport uchun neft va neft mahsulotlarini qabul qilish, saqlash va yuklash, shuningdek, Krasnodar o‘lkasidagi zavodlarga neft yetkazib berish uchun foydalaniladi.
Hodisadan biroz oldin Novorossiyskda havo hujumi xavfi to‘g‘risida ogohlantirish e’lon qilingan. Hudud operativ shtabi ma’lumotga ko‘ra, dron parchalari uchta ko‘p qavatli uy va bir fuqarolik kemacini shikastlagan. Jami to‘rt kishi jabrlandi.
Mavzuga oid
09:51 / 19.03.2026
Odessa Rossiyadan uchirilgan dronlar hujumiga uchradi
13:41 / 18.03.2026
Moldovada Ukraina chegarasi yaqinida qulagan dron topildi
09:35 / 17.03.2026
Moskvaga dronlar bilan ommaviy hujumlar davom etmoqda
14:26 / 16.03.2026