Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron endi uranni boyitmayapti – Eron TIV
Barcha obektlarimiz Xalqaro atom energiyasi agentligi kafolati va monitoringi ostida, dedi Eron tashqi ishlar vaziri.
Foto: AP
Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi 16 noyabr kuni Tehron endi mamlakatdagi birorta obektda uranni boyitmasligini aytdi. Eronga tashrif buyurgan Associated Press jurnalistining savoliga javob berar ekan, u iyun oyida Isroil va Qo‘shma Shtatlar uranni boyitish obektlarini bombardimon qilganidan keyin Eron hukumatining yadroviy dasturi bilan bog‘liq vaziyatni aytdi.
«Eron uranni yashirincha boyitmayapti. Barcha obektlarimiz Xalqaro atom energiyasi agentligi kafolati va monitoringi ostida. Hozir uranni boyitish jarayoni sodir bo‘lmayapti, chunki bizning obektlarimiz - boyitish obektlarimiz hujumga uchragan», dedi u.
Eronga AQSh va boshqa davlatlar bilan muzokaralarni davom ettirishi uchun nima kerakligi haqidagi savolga Aroqchi shunday javob qaytardi.
«Eronning boyitish, yadroviy texnologiyalardan tinch maqsadlarda foydalanish, shu jumladan boyitish huquqi shubhasizdir. Bizda bu huquq bor va biz uni amalga oshirishda davom etmoqdamiz va umid qilamizki, xalqaro hamjamiyat, jumladan, Qo‘shma Shtatlar bizning huquqlarimizni tan oladi va bu Eronning ajralmas huquqi ekanligini tushunadi va biz bu huquqdan hech qachon voz kechmaymiz», dedi u.
Mavzuga oid
23:44 / 28.11.2025
Eron futbol bo‘yicha jahon chempionati qur’asini boykot qilmoqchi
11:12 / 28.11.2025
Dunyodagi urushlar va O‘zbekiston: “Geosiyosat”da talabalar bilan suhbat
20:41 / 24.11.2025
«Nasaf» Osiyo Chempionlar Ligasida beshinchi o‘yinni ham yutqazdi
20:31 / 22.11.2025