Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda qabriston hududida yong‘in sodir bo‘ldi
17 noyabr kuni Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan “Oltintepa” qabristoni hududidagi ish faoliyati amalga oshirilmaydigan bo‘sh binoda yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida jabrlanish holatlari qayd etilmadi.
Foto: FVV
Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, 17 noyabr kuni soat 17:39 da Mirzo Ulug‘bek tumani Mirishkor ko‘chasida joylashgan “Oltintepa” qabristoni hududida bo‘sh bino yona boshlagani haqida xabar kelib tushgan.
Yong‘in-qutqaruv ekipajlari chaqiriq bo‘yicha soat 17:46 da hodisa joyiga yetib kelgan. Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 18:27 da qurshab olingan va soat 18:44 da to‘liq o‘chirilgan.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in oqibatida hech kim jabrlanmagan. Yong‘in “Oltintepa” qabristoni hududida joylashgan, ish faoliyati amalga oshirilmaydigan bo‘sh binoga zarar yetkazgan.
Mavzuga oid
20:59 / 05.05.2026
Toshkentda 15 ta avtomobil ishtirokida YTH ro‘y berdi
17:48 / 23.04.2026
Shavkat Mirziyoyevning hokim bo‘lib ishlagan davrdagi xizmat kabineti va xizmat avtomobili ko‘rsatildi
13:45 / 17.04.2026
O‘rta Chirchiqda xonadonda chiqqan yong‘inda 4 kishi halok bo‘ldi
21:09 / 11.04.2026