Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston importida asosiy ulush texnika va uskunalar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda
2025 yil yanvar–sentabr oylarida O‘zbekistonning umumiy import hajmi 33,1 mlrd dollarni tashkil etdi. Import tarkibida eng katta ulush mashinalar va transport asbob-uskunalariga to‘g‘ri kelib, ular jami importning qariyb uchdan bir qismini qamrab olgan.
Foto: Kun.uz
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil yanvar–sentabr oylarida O‘zbekiston Respublikasining import hajmi 33,1 mlrd AQSh dollariga yetdi. Bu ko‘rsatkich 2024 yilning mos davriga nisbatan 15,6 foizga o‘sgani qayd etilgan.
Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, import tarkibida eng katta ulush mashinalar va transport asbob-uskunalariga to‘g‘ri keladi. Ushbu toifadagi tovarlar qiymati 11,2 mlrd dollarni tashkil etgan bo‘lib, jami importdagi ulushi 33,9 foizni tashkil etdi.
Import tarkibi quyidagicha shakllandi:
mashinalar va transport asbob-uskunalari — 11,2 mlrd dollar (33,9 foiz);
sanoat tovarlari — 5,3 mlrd dollar (15,9 foiz);
kimyoviy vositalar va shunga o‘xshash mahsulotlar — 4,1 mlrd dollar (12,3 foiz);
xizmatlar — 3,6 mlrd dollar (11 foiz);
oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar — 3,1 mlrd dollar (9,3 foiz);
mineral yonilg‘i, moylash materiallari va shunga o‘xshashlar — 2,6 mlrd dollar (7,9 foiz);
turli xil tayyor buyumlar — 1,2 mlrd dollar (3,7 foiz);
nooziq-ovqat xomashyo (yoqilg‘idan tashqari) — 1,1 mlrd dollar (3,3 foiz);
hayvon va o‘simliklar moylari, yog‘lar va mumlar — 387,5 mln dollar (1,2 foiz);
ichimliklar va tamaki — 251 mln dollar (0,8 foiz);
boshqa tovarlar — 229,7 mln dollar (0,7 foiz).
O‘zbekiston importida texnika, mashina va transport uskunalari yetakchi o‘rinni egallab, sanoatni modernizatsiya qilish, infratuzilmani rivojlantirish va ishlab chiqarish salohiyatini oshirish bilan bog‘liq jarayonlar tashqi savdo tarkibida ham o‘z aksini topmoqda.
Mavzuga oid
11:30 / 04.12.2025
O‘zbekistonda ta’lim olayotgan xorijliklar: eng ko‘p Hindiston va Turkmaniston fuqarolari
09:59 / 04.12.2025
Navoiy viloyati aholi jon boshiga investitsiyalar hajmi bo‘yicha yetakchilik qilmoqda
10:06 / 03.12.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p safar qilayotgan davlatlar ma’lum qilindi
14:35 / 02.12.2025