Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Ukraina rasmiylarini noshukrlikda aybladi
Shuningdek, Yevropa Rossiyadan neft sotib olishda davom etayotganligini aytdi.
Ukraina mojaroni hal qilishga qaratilgan sa’y-harakatlari uchun AQShga hech qanday minnatdorlik bildirmadi, dedi AQSh prezidenti Donald Tramp.
«Ukraina «rahbariyati» sa’y-harakatlarimiz uchun nol minnatdorlik bildirdi va Yevropa Rossiyadan neft sotib olishda davom etmoqda. AQSh Ukrainaga tarqatish uchun NATOga katta miqdorda qurol sotishda davom etmoqda», deb yozdi Tramp o‘ziga tegishli Truth ijtimoiy tarmog‘ida.
Amerika rahbariyati Ukrainani noshukrlikda birinchi marta ayblayotgani yo‘q. Fevral oyi oxirida Oq uyda bo‘lib o‘tgan AQSh-Ukraina muzokaralari chog‘ida Zelenskiy va Tramp o‘rtasida janjal kelib chiqqan edi. Zelenskiy AQSh bilan foydali qazilmalar bo‘yicha kelishuvlar Ukraina xavfsizligini ta’minlash uchun yetarli emasligini va unga kafolatlar kerakligini aytganidan keyin suhbat baland ovozdagi tortishuvga aylandi.
Tramp Zelenskiyni hurmatsizlikda, AQSh vitse-prezidenti Jyey Di Vens esa noshukrlikda aybladi. Ukraina prezidenti bunga javoban, ko‘rsatilgan yordam uchun AQShga ko‘p marta minnatdorlik bildirganini eslatib, Vens uning mamlakatida hech qachon bo‘lmaganini ta’kidladi. Janjaldan so‘ng Ukraina delegatsiyasi Oq uyni muddatidan oldin tark etdi.
Mavzuga oid
22:29 / 14.06.2026
Tramp Netanyahuni aqlsizlikda aybladi va Eron bilan kelishuv 2–3 soat ichida imzolanishini aytdi
18:44 / 14.06.2026
Ukraina dronlari Rossiyaning kamida 14 regioniga hujum qildi
18:06 / 14.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Donald Trampni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi
14:07 / 14.06.2026