Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aloqa va axborotlashtirish bozorida keskin o‘sish qayd etildi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–sentabr oylarida O‘zbekistonda ko‘rsatilgan aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmi 54,8 trln so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 20,4 foizga oshdi.
Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, hududlar kesimida aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmi quyidagicha taqsimlangan:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 922,6 mlrd so‘m;
- Andijon viloyati – 1 305,4 mlrd so‘m;
- Buxoro viloyati – 921,7 mlrd so‘m;
- Jizzax viloyati – 749,5 mlrd so‘m;
- Qashqadaryo viloyati – 1 284,2 mlrd so‘m;
- Navoiy viloyati – 657,3 mlrd so‘m;
- Namangan viloyati – 1 151,6 mlrd so‘m;
- Samarqand viloyati – 1 933,3 mlrd so‘m;
- Surxondaryo viloyati – 995,0 mlrd so‘m;
- Sirdaryo viloyati – 438,6 mlrd so‘m;
- Toshkent viloyati – 1 810,7 mlrd so‘m;
- Farg‘ona viloyati – 1 961,9 mlrd so‘m;
- Xorazm viloyati – 1 121,0 mlrd so‘m;
- Toshkent shahri – 39 525,3 mlrd so‘m.
Ko‘rinib turibdiki, aloqa va axborotlashtirish xizmatlari bozorining katta qismi an’anaviy ravishda Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Shu bilan birga, Farg‘ona, Samarqand va Toshkent viloyatlarida ham xizmatlar hajmi bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar qayd etilgan.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bozor hajmining o‘sishi raqamli xizmatlar, mobil aloqa, internet va IT-infratuzilmaga bo‘lgan talab ortib borayotgani bilan izohlanmoqda.
Mavzuga oid
11:30 / 04.12.2025
O‘zbekistonda ta’lim olayotgan xorijliklar: eng ko‘p Hindiston va Turkmaniston fuqarolari
09:59 / 04.12.2025
Navoiy viloyati aholi jon boshiga investitsiyalar hajmi bo‘yicha yetakchilik qilmoqda
10:06 / 03.12.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p safar qilayotgan davlatlar ma’lum qilindi
14:35 / 02.12.2025