Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzaxda ichki ishlar xodimi YTH oqibatida vafot etdi
Sharof Rashidov tumani IIBning 23 yoshli tezkor xodimi 16 noyabr kuni otasiga tegishli Cobalt mashinasini boshqarib ketayotib, YTHga uchragan. Shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan xodim 23 noyabrda vafot etdi.
Foto: Kun.uz manbasi
Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida inson o‘limi bilan bog‘liq YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, YTH 16 noyabr kuni soat taxminan 22:15 larda tumanning Toqchilik mahallasi hududida sodir bo‘lgan. 2002 yilda tug‘ilgan J.A. boshqaruvidagi Cobalt mashinasi “Qo‘qon-Jizzax” avtomobil yo‘lining 18-kilometrida haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida ag‘darilib ketgan.
J.A. Sharof Rashidov tumani IIB xodimi bo‘lgan. YTHdan so‘ng u RShTYoIM Jizzax filialining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay xodim 23 noyabr kuni vafot etgan.
Mashina J.A.ning otasiga tegishli ekani aniqlangan.
Avvalroq Namanganda YPX xodimi mashina urib ketishi oqibatida halok bo‘lgandi. Uni Onix mashinasini tegishli hujjatlarsiz boshqarib borayotgan haydovchi katta tezlikda urib ketgan.
Mavzuga oid
21:12 / 15.03.2026
Jizzaxda tenderda g‘olib chiqishga yordam berish evaziga pul talab qilganlar ushlandi
11:08 / 04.03.2026
Yo‘l bezoriligini targ‘ib qiluvchi akkauntlar bloklanadi - Rustam Jo‘rayev
09:20 / 04.03.2026
Qatarda 11 yoshli o‘zbekistonlik bola YTHda vafot etdi
10:06 / 01.03.2026